Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
bibliografiya

Savol va topshiriqlar
1. Milliy bibliografiya nima? Uning xususiyatlari.
2. Davlat bibliografiyasi va uning o‘ziga xos tomonlarini aytib bering.
3. Respublika kitob palatasi qanday faoliyat olib boradi?
4. Milliy va Davlat bibliografiyasining markazlari haqida gapiring.


101
VIII BOB.
 RETROSPEKTIV BIBLIOGRAFIK
QO‘LLANMALAR
Mavzuning maqsadi

respublikamizda retrospektiv biblio-
grafiyani tashkil etish bo‘yicha hujjatlar, uning shakllanishi,
taraqqiyoti, yirik bibliografik ko‘rsatkichlar, ularning xususiyatlari,
ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar

Nizom, retrospektiv.
O‘zbekistonda retrospektiv bibliografiyaning
shakllanishi va taraqqiyoti
1960- yillarda milliy matbuotni hisobga olish masalasi qizg‘in
muhokama qilindi. Sho‘rolar davrigacha, undan keyin ham nashr
etilgan adabiyotlar uchun alohida repertuarlar tuzish haqida
fikrlar paydo bo‘ldi. 1965- yil bo‘lib o‘tgan Butunittifoq seminarida
qabul qilingan Nizomda bu ishni tashkil etish masalasi rasmiy-
lashtirildi. Bu Nizom „Ittifoqchi va avtonom respublikalarda
inqilobgacha nashr etilgan umumiy retrospektiv bibliografiya
to‘g‘risida Nizom“ deb ataldi, o‘sha davr matbuotining repertuarini
yaratish vazifasi belgilab berildi. Retrospektiv bibliografiya uchun
quyidagi xususiyatlarga ko‘ra matbuot asarlari tanlab olindi:
a) respublikalar hududida tilidan qat’i nazar, nashr qilingan
matnlar;
b) inqilobdan ilgari Rossiya hududida respublikalar tillarida
nashr qilingan asarlar;
d) inqilobgacha Rossiyadan tashqari respublikalarda yashovchi
xalq vakillari tomonidan yaratilgan va shu xalq madaniy merosi
yoki uning ijtimoiy va milliy ozodlik kurashiga bag‘ishlangan
matbuot asarlari obyekt sifatida olindi. Inqilobdan ilgarigi milliy
matbuot nashrlarini bibliografiyalash masalalari, uning tarixi,
shakllanish jarayonlari turkmanistonlik kitobshunos olim, pro-
fessor Almas Yazberdiyevning 1974- yilda nashr etilgan „XIX
asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida O‘rta
Osiyo xalqlarining matbuot asarlarini bibliografiyalash tarixidan“
nomli asarida batafsil yoritib berilgan. Jumladan, u O‘rta Osiyo
respublikalari milliy matbuotining umumiy retrospektiv
bibliografiyasida asosiy belgilar sifatida nashrning tili, muallifning
hududiy mansubligini hisobga olish bilan birga u yoki bu belgi
bilan bog‘liq ayrim murakkab masalalarni o‘rganish zarur, deb


102
ko‘rsatadi. Ya’ni, olimning fikricha, kitoblarning bibliografiyasini
yaratish uchun tiliga ko‘ra milliy madaniyatga mansubligi asos
qilib olingan differensiyalash (tabaqalash) zarur. Bu O‘rta Osiyo
xalqlari tillarining bir-biridan farqlanmaganligiga bog‘liq masala
edi. Shuning uchun O‘rta Osiyo xalqlarining hududiy tarqoq
joylashganligi tufayli mualliflik belgisi ham, hududiy belgisi ham
hisobga olinishi zarur bo‘lib qoldi.
Inqilobgacha O‘rta Osiyo xalqlari matbuotini hisobga olishning
bunday prinsiðlari muhim ahamiyat kasb etgan va bugungi kunga
qadar milliy matbuot to‘la hisobga olinmaganligi uchun ham bu
dolzarb masaladir. Lekin shunga qaramasdan, inqilobgacha nashr
etilgan adabiyotlarni hisobga olib boruvchi ayrim bibliografik
nashrlar mavjud. Ularning hammasida milliy matbuot nashrlari
to‘la aks etmagan. A. Yazberdiyev o‘zining monografiyasida matbuot
asarlarini qamrab olish chegarasi va mazmuniga ko‘ra ularni uch
asosiy guruhga ajratish mumkin, deb ko‘rsatadi:
1. Rossiya va musulmon davlatlarida sharq tillarida nashr
etilgan adabiyotlar ko‘rsatkichi.
2. Rossiyada bosmadan chiqqan sharq tillaridagi nashrlar
ko‘rsatkichi.
3. O‘rta Osiyo hududida nashr etilgan asarlar ko‘rsatkichi.
Inqilobgacha bo‘lgan davrda nashr etilgan adabiyotlarni aks
ettirgan ko‘rsatkichlar son jihatidan kam bo‘lsa-da, ular O‘rta
Osiyo milliy adabiyotini to‘la bibliografiyalagan, bular B.A. Dorn
va V. D. Smirnovlarning „Musulmon kitob solnomasi“ ko‘rsatkichi,
N. V. Dmitrovskiyning katalogi, N. A. Burovning „Turkistonning
inqilobgacha matbuoti. 1868 — 1879- yy.“ ko‘rsatkichi va boshqalar.
So‘nggi ko‘rsatkich muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda
nashrlarning bibliografik ro‘yxati bilan birga maqolalar ro‘yxati
ham berilgan. Ko‘rsatkich 1950- yilda tuzilgan va 1964- yilda nashr
etilgan. Unda 178 ta alohida nashr va 56 maqola ro‘yxatga olingan.
N. A. Burov sermazmun va kichkina so‘zboshida shunday yozadi:
„Bibliograflar, o‘lkashunoslarga va tadqiqotchilarga yordam berish
maqsadida ilgarigi Òukriston general-gubernatorligi (1916- yil-
gacha) va Xiva hamda Buxoro xonliklari hududlari hisoblangan
Òurkistonda chiqqan nashrlarni aniqlash va tavsiflash bo‘yicha
ishni boshladik“.
Qo‘llanmada Òurkistonda kitob bosish kashf qilingan davrdan
XX asrning birinchi o‘n yilligigacha nashriyotchilik ishining to‘liq
tavsifi keltiriladi. Tuzuvchi o‘lkada nashr etilgan birinchi bosma


103
asarlarni aniqlash borasida katta va puxta ish qilgan. Nashrlarning
tavsifi to‘la berilgan, bunda, ko‘pincha, turli adabiy, arxiv,
qo‘lyozma manbalar asosida muallifi, nashr joyi va yili aniqlangan,
ism-sharifiga izoh va tushunchalar berilgan. Bular annotatsiya
tarzida ham keltirilgan yoki asosiy tavsifda berilgan. Òo‘la ma’lumotga
ega bo‘lmagan nashrlar tavsifi qisqa berilgan. Burovning bu
ko‘rsatkich uchun ko‘p yillar material yig‘ganini ba’zi hollarda
„Tuzuvchining yon daftaridagi qaydlar asosida tavsiflandi“ deb
bergan eslatmasi tasdiqlaydi. Qo‘llanma yordamchi manbalar
ro‘yxati, xronologik va tillar ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan.
Ko‘rsatkichdagi kamchiliklar haqida Burov so‘zboshisida shunday
deydi: „Mahalliy nashrlarni imkoni boricha to‘la berishga harakat
qilishimizga qaramay, ko‘rsatkichda eski, nodir hisoblangan va
ayrim qismlari yo‘qolgan bo‘lishi taxmin qilingan nashrlar bilan
ishlashda yetishmovchiliklar bo‘ldi“. Maqolalar kitoblar tavsifi
kabi muallifi va sarlavhasi to‘la ko‘rsatilgan holda berilgan, ammo
ular juda qisqa, sodda, nashr mazmunini to‘la ochib bermagan.
Maqolani kitobdan ajratish uchun „Ñòàòüÿ“ so‘zidan „ñ“ harfi
olinib, belgi qo‘yilgan.
Ko‘rsatkichni tuzishda, avvalo, hududiy belgi asos qilib
olingan, ya’ni Òurkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Xiva
xonliklari hududida nashr qilingan matbuot nashrlari hisobga
olingan. Ko‘rsatkichni tuzishda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududiga
oid nashrlarni tiliga ko‘ra ham tabaqalashtirgan holda kiritish
zarurligini e’tiborga olgan. N. A. Burov o‘zbek tilida chiqqan kam
nusxadagi (ularning soni 6 ta) kitoblarni tili bo‘yicha ajratmasdan
rus tilidagi tavsifni berib, umumiy alifbo tartibida joylashtirgan,
yordamchi ko‘rsatkichdagina alohida ko‘rsatgan. Bu bilan inqi-
lobgacha mavjud nashrlarni retrospektiv hisobga olishning shakli —
yig‘ma kataloglar vujudga keldi. Inqilobgacha bo‘lgan bosma
mahsulotlarni aks ettiruvchi yig‘ma kataloglar „Milliy bibliografik
repertuar tuzishning uzoq muddatli dasturi“ doirasida olib borilgan.
Respublika kutubxonalarida saqlanayotgan milliy tildagi matbuot
asarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiradi. „Turkistonning
inqilobdan oldingi matbuoti“ ko‘rsatkichi so‘zboshisida Òurkis-
tondagi inqilobgacha bo‘lgan davrdagi nashrlarni u yoki bu darajada
aks ettirgan bibliografik qo‘llanmalar tahlili berilgan. Unda bib-
liografik tavsiflarning o‘ziga xosligi, o‘sha paytda mavjud „Matbuot
asarlarini tavsiflash bo‘yicha yagona qoidalar“dan farqli tomonlari
ochib berilgan. N. A. Burov bibliografik tavsiflarning yanada aniq


104
bo‘lishini maqsad qilib olgan holda ko‘rsatkich uchun alohida
qoidalar ishlab chiqishga to‘g‘ri kelganini yozadi. Birinchi
bibliografik nashr hisoblangan ko‘rsatkich 1960 — 70- yillarni
o‘z ichiga olgan, ko‘rsatkichning davomi uchun materiallar
yig‘ilgan, ammo muallifning betobligi tufayli oxiriga yetkazilmagan
va nashr qilinmagan, kartoteka ko‘rinishida Navoiy nomli Milliy
kutubxona fondiga topshirilgan. Bu inqilobgacha davrdagi matbuot
repertuari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sharqshunos olim va bibliograf A. A. Semyonov inqilobgacha
sharq tillarida nashr etilgan kitoblar haqidagi ma’lumotlarni
„O‘rta Osiyo universtiteti Asosiy kutubxonasining sharq toshbosma
asarlarining tasviri“ nomi bilan to‘playdi, ammo bu qo‘llanmalar
ham nashr etilmay qolgan. Qo‘llanmadan O‘rta Osiyo, Hindiston,
Eron, Òurkiya litografiyalarida bosilgan 565 kitob (undan 113 tasi
O‘rta Osiyo litografiyalari mahsulotlari) haqidagi ma’lumotlar
joy olgan. Ko‘rsatkich inqilobga qadar toshbosma kitoblar haqida
to‘la ma’lumot berolmasa-da, ammo O‘rta Osiyo xalqlari tillarida
chiqqan alohida nashrlar haqida ma’lumot beruvchi birinchi
manba sifatida ahamiyatga ega.
Òurkiston o‘lkasida 1870- yildan 1917- yilgacha rus tilida
nashr qilingan vaqtli matbuot nashrlarini hisobga olish va
tasvirlash maqsadida 1960- yil M. P. Avsharova „Turkistonda rus
vaqtli matbuot nashrlari“ („Ðóññêàÿ ïåðèîäè÷åñêàÿ ïå÷àòü â
Òóðêåñòàíå. (1870 — 1917 ã.ã.“) ko‘rsatkichini tuzadi. Unga
mahalliy tildagi „Turkiston mahalliy gazetasi“ kiritilmagan. M. P.
Avsharova ko‘rsatkichni tuzishda O‘zbekiston davlat kutubxonasi
fondidan, M. E. Saltikov-Shedrin nomidagi davlat xalq
kutubxonasi materiallaridan, N. M. Lisovskiyning „Ðóññêàÿ
ïåðèîäè÷åñêàÿ ïå÷àòü 1703 — 1900 ãã.“ ko‘rsatkichidan foy-
dalanganini ta’kidlaydi. Unga gazetalar, jurnallar, almanaxlar,
bulletenlar, axborotlar, adres-kalendarlar, turli mazmundagi
ma’lumotnomalar, sharhlar, yilnomalar kiritilgan. Materiallar 3
ta asosiy qismda joylashtirilgan: 1. Gazetalar. 2. Jurnallar,
asarlar, yilnomalar, almanaxlar. 3. Gazeta, jurnallar, ilmiy
asarlar kabi chiqishi tasdiqlanmagan, ammo matbuotda chiqishi
mo‘ljallangan vaqtli matbuot nashrlari. Nashrlar tavsifida
sarlavha, sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar, davriyligi, nashr jo-
yi, chiqqan vaqti, muharrirlar va nashriyotchilarning ism-sha-
rifi berilgan. Agar nashr biror rasmiy tashkilot tomonidan
chiqarilgan bo‘lsa, tashkilot nomi ham berilgan. Ayrim yashirin


105
nashrlar uchun tavsifda uning alohida soni va nashr nusxasi
ko‘rsatilgan.
Òavsifdan keyin gazetalar ketma-ketligi, izchilligi ko‘rsatilgan.
Muallif vaqtli matbuot nashrlarini aniqlagan, har bir jurnal,
to‘plam yoki gazeta nashrining umumiy yo‘nalishi, dasturi,
xodimlarning asosiy tarkibiga ta’rif beradi, nashrlarga batafsil,
to‘liq annotatsiya beradi, man etilgan sonlarining ro‘yxati va
nashrga to‘siq bo‘lgan senzura yoki jazo choralari haqidagi
ma’lumotlarni kiritgan. Senzura tufayli tez-tez nomini o‘zgartirishga
majbur bo‘lgan vaqtli matbuot nashrlarining izchilligi haqidagi
ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Muharrir yoki nashriyotchilar
haqida ma’lumot bermasa-da ularning ism-sharifini ko‘rsatgan.
Bevosita ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda foydalanilgan
manbalar ro‘yxati berilgan. 1905 — 1907- yillarda yashirin nashr
etilgan Òurkiston nashrlari haqida ham ma’lumotlar olgan.
Qo‘llanmadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida topografik,
xronologik hamda muharrir va nashriyotchilar ko‘rsatkichlari
berilgan. Muharrirlar va nashriyot xodimlarining ko‘rsatkichi
ular faoliyatini kuzatib borish, o‘rganish, u yoki bu vaqtli
matbuot nashrining yo‘nalishini aniqlash imkonini bergan.
Òopografik ko‘rsatkich Òurkiston o‘lkasining turli shaharlarida
chiqqan vaqtli matbuot nashrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
umumlashtiradi. Xronologik ko‘rsatkich vaqtli nashrlarning turli
yillardagi rivojlanish tarixini o‘rganishga yordam beradi. Ko‘rsat-
kichning bir tomoni borki, har bir yil ichida vaqtli nashrlar
yangilanadi, bu esa ortiqcha joy oladi va ko‘rsatkichni qaytadan
ortiqcha to‘ldirib boradi. Masalan, „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“
gazetasi bir qator ruknlarda qayta-qayta takrorlanadi.
M. P. Avsharovaning „Turkistonda rus vaqtli matbuot nashr-
lari“ (1870 — 1917- y.y.) ko‘rsatkichida 85 ta gazeta, 82 ta jurnal,
4 ta almanax va boshqa vaqtli xususiyatga ega bo‘lgan nashrlar
kiritilgan. Muallifning katta mehnatiga qaramay, ayrim vaqtli
nashrlar tushib qolgan bo‘lsa-da, inqilobdan avvalgi davrdagi
vaqtli matbuot nashrlari retrospektiv ko‘rsatkichining qimmatini
va ahamiyatini yo‘qotmaydi, balki O‘zbekiston tarixini va
O‘zbekiston bibliografiyasi tarixini o‘rganishda ilmiy tadqiqot ishi
bilan shug‘ullanuvchilarga yaqindan yordam beradi.
Mavjud manbalar inqilobgacha bo‘lgan Òurkiston vaqtli
matbuot nashrlari tarixini o‘rganishda yetarli emas, shuning
uchun hozirgi kun bibliografiyasi oldida inqilobgacha, hatto


106
keyingi davrdagi vaqtli nashrlarning repertuarini yaratish va
o‘rganish muammosi turibdi. Bunday repertuarni O‘zbekiston,
Òurkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Òojikiston mutaxas-
sislari hamkorlikda amalga oshirishlari lozim.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə