117
emas, talabalarga, maktab o‘quvchilariga ham mo‘ljallana
boshlangan. Òarbiyaviy ahamiyati shunda ko‘rinadiki, ular
kitobxonda o‘qish madaniyatini tarbiyalash va takomillashtirishga
ta’sir etadi, keng ma’noda
olib qarasak, kitobxonning ma’naviy,
siyosiy, iqtisodiy, ekologik, badiiy va jismoniy,
madaniy dunyo-
qarashini kengaytiradi. Axborot olami kengaygan va iste’mol-
chilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji o‘sgan hozirgi paytda uning
axborot berish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi, bunga jamiyat-
ning tobora axborotlashib borishi,
ommaviy axborot vosita-
larining kengayib, ko‘proq o‘rin egallashi, iste’molchilar bo‘sh
vaqtining qisqarib borishi ham ta’sir etadi. Keyingi yillardagi
tavsiya ko‘rsatkichlari o‘zining sermazmunligi va yangilikka
boyligi bilan ajralib turadi. Endilikda tuzuvchilar titul varag‘i
orqasida emas, muqovada muallif o‘rnida berila boshlandi. Bu
tuzuvchilar mas’uliyatini oshiradi.
XX asrda uzoq yillar davomida
tavsiya bibliografiyasining
nazariyasi va metodikasi ishlab chiqildi, amaliyotga keng tatbiq
etildi. Òavsiya bibliografik qo‘llanmalarda hujjatlarning bibliografik
tavsifi bilan birga annotatsiya ham beriladi.
Bibliografik yozuvlar
monografik yoki analitik bo‘ladi. E’tibor hujjat mazmunini qisqa,
lo‘nda va tushunarli uslubda yoritishga qaratiladi. Mazmuniga ko‘ra
quyidagi turlarda tavsiya qo‘llanmalari tayyorlanadi va tarqatiladi:
— ko‘ptarmoqli;
— tarmoqli;
— mavzuli;
— shaxsga oid;
— mamlakatshunoslik;
— o‘lkashunoslik va h. k.
Hozirgi kunda bu bibliografik qo‘llanmalarning mashinada
o‘qiladigan shakllarini yaratish muammosi hal etilmoqda. Milliy
kitob palatasi matbuot solnomasining
elektron shaklini tayyorlab,
bosma shakli bilan birgalikda tarqatmoqda.
Dostları ilə paylaş: