Bibliografiya lat p65


Perspektiv bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
bibliografiya

Perspektiv bibliografik qo‘llanmalar
Perspektiv bibliografik axborot beruvchi materiallarga qu-
yidagilar kiritiladi: nashriyotlarning yillik annotatsiyalangan
rejalari; axborot agentliklarining bosma kataloglari; yirik axborot
markazlari va yirik kutubxonalarning nashr rejasi va prospektlari;
prays varaqalar.
Perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda aks etadigan bibliografik
yozuvdagi nashrdan chiqish vaqti rim raqamida dumaloq qavsda
berilgan, son xarakteristikasi sohasida nashrning hajmi bosmaxona
hisobidagi bosma taboq, nashrning bichimi ham dumaloq qavs
ichida rim raqamida berilgan. Badiiy-adabiy asardan boshqa barcha
turdagi nashrlarga beriladigan annotatsiyada nashrning maqsadi;
nashr turi, janri yoki materialni berish shakli; mavzuning
qisqacha bayoni, mazmun xususiyati, umumiy mavzusi yoki
fikr; shu xildagi boshqa nashrlardan yoki shu muallifning boshqa
asarlaridan farqi, yangiligi, dolzarbligi; kitobxonlar guruhi; asar
muallifi haqida ma’lumot, tarjima asar bo‘lsa, mamlakat nomi
ko‘rsatiladi.
Qayta nashr etilgan asar bo‘lsa, oldingi nashrining nashr
yili, asar nomi (asar nomi o‘zgargan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Agar
1- marta nashr etilayotgan yoki o‘zgarishlar bilan qayta nashr
etilayotgan darslik bo‘lsa, unga ham annotatsiya beriladi. UDK
bo‘yicha shifr indeksi bibliografik yozuvning oxirida beriladi. Hozir


121
nashriyotlar kitob savdosi tashkilotlari, firmalar tayyorlayotgan
prays-varaqalar keng tarqaldi. Ularda alifbo tartibida nashr
nomlari, ularning muddati, bahosi ko‘rsatiladi. Prays-varaqalar
bir varaq qog‘oz ko‘rinishida, risola, kitob ko‘rinishida ham
tayyorlanadi. Keyingi yillarda perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda
yangi adabiyotlar haqida axborot bilan birga kitob omborlarida
saqlanayotgan oshiqcha nusxadagi adabiyotlar haqida retrospektiv
bibliografik axborot ham berib boriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə