Bibliografiya lat p65


Kundalik bibliografik axborot



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161
bibliografiya

Kundalik bibliografik axborot
Kitob bilan bog‘liq bo‘lgan kitobxonlar, kutubxonalar, tashki-
lot va muassasalarga ham bibliografik axborot berib boruvchi
birinchi marta o‘zbek tilida nashr etilayotgan „Kitob dunyosi“
gazetasi 2002- yil ta’sis etilgan bo‘lib, respublikamiz nash-
riyotlarida nashrdan chiqqan yangi adabiyotlar haqida annotatsiya
yoki referat bilan birgalikda kutubxonachilik ishi, zamonaviy
axborot texnologiyalari, kitobatchilik ishi, nashriyotchilik ishi
masalalariga oid suhbatlar, maqolalar, fikr va mulohazalar beriladi.
Ammo ba’zida yangi adabiyotlar haqida berilayotgan ma’lumotlar
asar sotuvdaligida yoki ancha vaqt o‘tgandan so‘ng beriladi. Gazeta
sahifasida eng muhim, qimmatli adabiyotlar haqidagina ma’lumot
berilmoqda, boshqa nashrdan chiqqan asarlar esa e’tibordan
chetda qoladi. Shuni nazarda tutib, gazeta keyingi paytda annotatsiya
yoki referat berilmayotgan adabiyotlarning bibliografik ma’-
lumotlarini mavzuli tartibda berib bormoqda.
Reklama axboroti muhim ahamiyatga ega. Bular kitob mu-
qovalari, sahifalari, jurnal muqovalari, plakatlar, afisha va
bukletlar ko‘rinishida berib boriladi. Bu materiallar kitob
do‘konlari peshtaxtalarida, aholiga ko‘rish va o‘qish uchun qulay
bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Boltiqbo‘yi respublikalari, Rossiya
axborot organlari yo‘lovchi tashuvchi transport vositalaridan
ham unumli foydalanadilar. Maxsus bibliobuslar kitob reklamasi
ko‘rinishlari bilan bezatilgan bo‘ladi. Mamlakatimizda boshqa
turdagi mahsulotlarning reklamasi kabi kitob, kutubxona, bosma
va axborot mahsulotlari reklamasini ham keng yo‘lga qo‘yish
lozim.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə