Bibliografiya lat p65


Bibliografiyani tashkil etish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161
bibliografiya

Bibliografiyani tashkil etish
— mamlakatda kutubxonachilik va
axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini
yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish
imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Bibliografiyaning ahamiyati
Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz
amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni
bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga
ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohi-
yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl
mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi-
larni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi
adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’-
lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah-


13
sulotlardir. Òurli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning
ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy
boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida,
rivoji haqida ma’lumot beradi.
2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masala-
lar, muammolar bilan tanishtiradi.
3. Kitobxon uchun yangi ma’lumot beradi.
4. Kitobxonga o‘qish uchun eng zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi.
5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi.
6. Adabiyot tavsiya etadi.
7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada
muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi.
8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
9. Kitobxonda o‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash
madaniyatini tarbiyalaydi.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o‘rganish uchun muhim
manba bo‘lib qoladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə