Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161
bibliografiya

Òavsiya ko‘rsatkichlari
Òavsiya ko‘rsatkichlari universal mazmundagi va kompleks
xarakterdagi ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Universal maz-
mundagi tavsiya ko‘rsatkichlari mahalliy muhim va unutilmas
sanalar taqvimi ko‘rinishida bo‘ladi. Buni respublika miqyosida
Respublika Milliy kutubxonasi, viloyatlarda viloyatlarning ilmiy-
universal kutubxonalari tayyorlaydi: o‘lkaga oid adabiyotlarning
universal va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlari; mavzuli
bibliografik qo‘llanmalar, ko‘rsatkchilar, adabiyotlarning ro‘yxatlari
(masalan, „O‘lka haqida nima o‘qish kerak?“ tiðidagi).
Muhim va unutilmas voqealar taqvimi Navoiy nomidagi
Respublika davlat kutubxonasi tomonidan 1957- yildan nashr
etiladi. Unda avval kitobxonga ma’lum bo‘lmagan voqea va hodisalar,
yirik yubileylar, sanalar, bayramlarning yilliklariga oid adabiyotlar
ma’lum tartibda joylashtiriladi. Avval voqea yoki sana ko‘rsatiladi,
unga oid adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari keltiriladi,
shaxslarga oid sanalarda ular haqida qisqa ma’lumot beriladi. Bunday
taqvimlarni tuzishda bibliograflarga o‘lkashunos, tarixchi olimlar,
mahalliy muzey va arxiv xodimlari yordam beradilar. Bu taqvim-
larning kitobxonlari — o‘lkaning kechagi kuni, buguni va kelajagi


127
bilan qiziquvchi kitobxonlar, kutubxona xodimlari va iste’-
molchilarga turli xil yo‘nalishda axborot berish vazifasini
bajaruvchilar. Òaqvimlar kutubxonalarda yillik ish rejalarini
tuzishda, tadbirlar rejasini belgilashda yordam beradi. Unga kirish
so‘zi, so‘zboshi, mundarija, ismlar, geografik, matnlarning
mualliflari haqida ma’lumotlar, chiqish sonlariga oid yig‘ma
ko‘rsatkichlar beriladi.
„O‘lka haqida nimalarni o‘qish kerak?“ tiðidagi ko‘rsatkichlarni
viloyat, tuman, shahar miqyosida ham tayyorlash mumkin.
Ular shu yo‘nalishga oid kutubxonada mavjud adabiyotlar ko‘lami
haqida xulosa qilishga olib keladi va kutubxonachilik-bibliografik
xizmat ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi, iste’molchilar uchun
o‘lkashunoslik xarakteridagi yakka va ommaviy ishlarni o‘tkazishga
imkon yaratadi, kishilarda Vatanga, o‘z o‘lkasiga mehr-muhabbat,
e’tibor hissini tarbiyalaydi,o‘lka haqida bilimga ega bo‘lishga yordam
beradi, uning tarixini, madaniyati va san’atini, o‘ziga xos qadriyat-
larini asrab-avaylashga chaqiradi. Unda kitoblar, maqolalar,
kompakt disklar, elektron sahifalar, internet materiallari ham
aks etishi mumkin. Hujjatlar mazmuni, ilmiy qimmati, xarakteriga
ko‘ra tartibga solinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə