Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161
bibliografiya

umumiy metodikasi
Yirik axborot-kutubxona markazlari tomonidan bibliografik
qo‘llanmalar nashr etishning va tarqatishning keskin darajada
kamayib ketganligi, aniq kitobxonlar guruhiga mo‘ljallangan
qo‘llanmalarning kamligi, tor mavzuga oid maxsus bibliografik
qo‘llanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy
qiyinchiliklar sababli ko‘pgina kutubxonalar tayyor bibliografik
qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga o‘zlari ham bibliografik
qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlar tuzadilar. Kichik kutubxonalar,
asosan, tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlarni
tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil
bilim olishda yordam berish, axborotga bo‘lgan talabini qondirish,
kitobxonlarga professional bilim olishda, uni oshirib borishda,
qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga
oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini
bilishlari zarur.
Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish dasturini ishlab chiqish
bosqichining maqsadi — kitobxonlik guruhini aniqlashdan iborat.
Bunda quyidagi vazifalar bajariladi: mavzuni tanlash va o‘rganish;
shunga oid adabiyotlarning fondda mavjudligini aniqlash; bibliografik
tanlashning mezonlarini aniqlash (nashr turlari, ularning
to‘liqligi, mavzuli va xronologik chegarasi); bibliografik qo‘llan-
maning turi va janrini belgilash.
Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda o‘rganiladi: uning
dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati,
adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga
muvofiqligi. Òuzuvchilar masalaning mohiyatini to‘la anglab
olishlari uchun kitoblarga, jurnal va gazetalarga, mavzuga oid
turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu
sohaga oid olimlarning, mutaxassislarning asarlarini o‘rganib


170
borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga,
har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi.
Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng 
qo‘llanmaning rejasi
 ishlab
chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda
material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiðlari,
yordamchi apparatlar, ularning tartibi, foydalanish uchun
manbalar ko‘rsatiladi.
Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish
 bosqi-
chining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar
u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning)
kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud
bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Òuzuvchi mavzuga oid ma’lu-
mot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar,
kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar,
ko‘rsatkichlar, sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘y-
xatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning
bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar
haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi,
o‘quv qo‘llanmalaridagi, ko‘p tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bib-
liografik ko‘rsatkichlardagi, „Kitob dunyosi“ gazetasidagi ro‘y-
xatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab
qo‘shiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə