180
matbuot asarlarining turiga ko‘ra kitoblar sharhi, jurnallar sharhi,
ruknli nashrlar sharhiga bo‘linadi.
Yangi adabiyotlar sharhida
kitobxonlar yangi kitoblar, jurnallar va axborot materiallari
bilan tanishishlari mumkin. Har qanday
bibliografik sharh yagona
reja asosida tayyorlanadi: mavzuni o‘rganish, adabiyotlarni aniqlash
va tanlash, matbuot asarlarini guruhlashtirish va ta’rif berish,
sharh uchun matn yozish, matnni adabiy tahlil qilish.
Mavzuni
o‘rganish
unga oid barcha manbalarni o‘rganishdan boshlanadi.
Matbuot asarlarini aniqlashda
katalog va kartotekalar, fondning
shu
mavzuga taalluqli qismi, bibliografik hujjatlar, kasbga oid
jurnallar va gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ko‘zdan kechiriladi,
mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tanlab olinadi.
Har birining
mazmuni, ahamiyati
ko‘rib chiqish
jarayonida o‘rganiladi, buning
uchun
yozilgan annotatsiyalar, so‘zboshi, kirish so‘zi, so‘nggi
so‘z, asarga berilgan tanqidiy materiallar o‘rganib chiqiladi. Sharh
uchun ajratilgan adabiyotlarning soni mavzuning mohiyatidan,
kitobxonlar guruhining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agar sharh
tavsiya xarakterida bo‘lsa, 3 tadan 10 tagacha,
axborot xarakterida
bo‘lsa, 12 — 15 ta adabiyot olinadi.
Dostları ilə paylaş: