Bibliografiya lat p65


MARC formatlarning turlari, milliy formatlar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161
bibliografiya

MARC formatlarning turlari, milliy formatlar
1970- yillardan Rossiyada 
MARC
 formatlar yaratish
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari 3 bosqichda boshlandi. 1- bosqichda
bibliografik yozuvlarning yagona formatini yaratish avtomat-
lashtirilgan kutubxona-axborot tizimlarining texnologik asosi
sifatidagi imkoniyatlari o‘rganilgan. 2- bosqichda tadqiqot
natijalari Davlat ilmiy-ommabop texnika kutubxonasi va boshqa
kutubxonalarda tajriba tariqasida sinab ko‘rilgan. 3- bosqichda
kutubxona mutaxassislari kommunikativ format uchun davlat
standartlari va MDH doirasida xalqaro formatlar ishlab chiqishga
jalb qilingan. 1970 — 1972- yillarda Davlat ilmiy-ommabop
texnika kutubxonasida tuzilgan 30 dan ortiq kutubxona va in-
formatsion tashkilotlar mutaxassislarni birlashtirgan ishchi
guruhi tomonidan „Magnit lentasida bibliografik yozuvlarning
kommunikativ formati“ va formatni to‘ldirishga mo‘ljallangan
„Bibliografik yozuvlarning mashina oldi formati“ tuzilishi uchun
Davlat standartlari loyihalari tayyorlandi. Kommunikativ
formatdagi yozuv tuzilishi tasviri 2709 xalqaro standartga mos
edi. Mashina oldi formatini to‘ldirish ma’lumotlar elementlarini


197
aniqlash va ularni uch belgili kodlashtirish darajasiga keltirildi.
Kommunikativ format to‘ldiruvchisini ishlab chiqishda chet el
tajribalari, xususan, 
MARC
 formatlar oilasiga kiruvchi
USMARC
 formati o‘rganildi. 1990- yildan boshlab Rossiya
bozorida avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari AIBS
„ MARC-NPO
 Informsistema va Moskva Davlat universitetining
mahsuloti „Biblioteka“ning paydo bo‘lishi bilan 
USMARC
formati Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Formatlarni o‘rganish
va tatbiq qilish ilgari ham bo‘lgan, ammo ularni real tatbiq qilish
yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot
tizimlarining yaratilishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqilayotgan
formatlar Xalqaro standartlar va Rossiyadagi standartlar hamda
qoidalarga mos kelishi zarur. Bunday talablarning bajarilishiga
USMARC
 va 
UNIMARC
 formatlari javob beradi. Òahlillar
natijasida 
UNIMARC
 formati Rossiya milliy formatini yaratish
uchun asos qilib olindi. Uch bosqichda Rossiya milliy formati
ustida ish olib borildi. 1- bosqichda avtomatlashtirilgan kutub-
xona-axborot tizimining texnologik asosi sifatida bibliografik
yozuvlarning yagona formatini tashkil etish imkoniyatlari o‘rga-
nildi. 2- bosqichda Rossiya Davlat xalq ilmiy-texnika kutubxonasi
va boshqa kutubxonalar uchun o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining
natijasi va uning qo‘llanishi darajasi o‘rganildi. 3- bosqich kom-
munikativ formatning davlat standartlarini ishlab chiqish va
belgilangan dastur doirasida xalqaro formatni ishlab chiqishda
ishtirok etishdan iborat bo‘ldi. Kommunikativ format yozuvlari
va ularning tuzilishi 
ISO 2709
 sonli Xalqaro standartga mos
keltirildi.
1990- yil boshlarida 
UNIMARC
 va 
USMARC
 xalqaro
formatlarini amaliyotga kiritish jadallashdi. Shu munosabat bilan
Rossiya kutubxonalarining kutubxonachilik kooperatsiyasi va
bibliografik axborot almashuvning xalqaro tizimiga kirib borishini
tezlatish maqsadida 
UNIMARC
 bo‘yicha asosiy materiallarni rus
tiliga o‘girish sohasida ish olib borildi. 1995- yil oktabrida Rossiya
milliy formatini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va u
RUSMARC
 deb nomlandi, bu format 1994- yilgi 
UNIMARC
asosida tahrir qilindi. Bu format IFLAning xalqaro qo‘mitasi
tomonidan milliy format sifatida rasman tan olingan va ro‘yxatga
olingan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining 1998- yil
27.01 45- sonli buyrug‘i bilan kutubxonalarda axborot almashinuvi
uchun majburiy qo‘llanuvchi format sifatida kiritildi. 2000- yil


198
29- fevraldagi 139- sonli buyruqda bu formatni Rossiya Fe-
deratsiyasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi kutubxonalar uchun
avtomatlashgan kutubxona-axborot tizimini ishlab chiqish va
amaliyotda qo‘llash uchun majburiy deb ko‘rsatildi. Rossiya Milliy
kutubxonasi ana shu format asosida kataloglashtirish ishlarini
olib boradi. „Libnet“ nomi bilan yuritiluvchi milliy axborot-
bibliografiya Markazi RF Madaniyat vazirligining qo‘llab quv-
vatlashi bilan ikkala milliy kutubxona tomonidan ta’sis etilgan va
u mamlakatda davr talabi darajasida korporativ kataloglashti-
rishni olib boradi. Markazning ishi ham 
RUSMARC
 formatida
olib boriladi. Rossiyaning turli hududlarida 
RUSMARC
ni qo‘llovchi,
axborot almashuv formati hamda kataloglashtirish formati sifatida
boshqa formatlar ham yaratildi. Bular 
ORAC-GLOBAL
 (DIÒ-M,
Moskva), RUSLAN (SpbGU, Sankt-Peterburg) va boshqalar.
Bundan tashqari, jahonning ko‘pgina yirik va rivojlangan mam-
lakatlari ham o‘zlarining formatlarini yaratishga harakat qildilar
va yaratdilar. Shulardan biri Kanada davlatidir. Kanadada xalqaro
formatlarni o‘rganish maqsadida tashkil topgan ishchi guruhi
o‘zlaridan avval tuzilgan bir qancha formatlarni o‘rganib, tahlil
qilib, 
USMARC
 asosida unga qo‘shimcha maydon va maydonosti
chiziqlarini kiritgan holda 
CANMARC
ni yaratdilar. Kanada 2 ta
davlat tiliga (ingliz va fransuz) ega bo‘lganligi sababli formatda
yo‘naltirish berish uchun qo‘shimcha belgilar (metka)lar,
markerda yozuv statusini beruvchi to‘liq yoki qisqa kodlar kiritildi.
Bu format 1979- yili nashr etildi. Avstraliyaning milliy
kutubxonasi 1973- yil o‘zining 
AUSMARC
ni yaratdi. Uning 2-
nashri 1975- yili chiqdi. Avstraliya formati 
UKMARC
ga asos-
langan, ammo o‘zining milliy xususiyatiga ko‘ra o‘zgarishlar
kiritgan. 1988- yili ular 
USMARC
 asosida avtoritet ma’lumotlar
uchun format ishlab chiqdilar. Hozirgi paytda bunday formatlarning
soni 50 dan oshib ketdi va ular har biri o‘z milliy xususiyatiga
ega bo‘lish bilan birga xalqaro axborot almashuv tizimiga
bo‘ysunadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə