Bilim sohasi: 100000 gumanitar soha


Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/12
tarix21.06.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#50828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.


Fanning maqsadi: «Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fanini o’qitishdan maqsad – magistrlarda bo’lajak Jismoniy tarbiya o’qituvchisiga kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega qilish. Uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlariga bevosita alokador bo’lgan uslubiy jixatlardagi yangilik va muammolarni o’rganish. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya metodikasi fanini va boshqa o’zaro a`loqador fanlarni o’qitish metodikasi doir o’quv materiallar bilan uyg`unlikda o’rgatish. Magistrlarni fan mutaxasisi sifatida shakllantirishda milliylik, tarixiylik, raqobatbardoshlik, zamonaviylik, izchillik, motivatsiya, amaliylik hamda novatorlik kabi sifatlarni ko’zda tutgan holda ta`lim-tarbiya berish.

Fanning vazifasi: - Kasbiy ta`limning vazifalarini asoslash, uning ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;

-talabalarda o’quv materialini mazmunini asoslash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;

-kasbiy ta`lim jarayonini tashkil etishning shakl va metodlarini asoslash.

- bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash;

- «Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fanlarini o’qitish metodikasining taraqqiyot tendentsiyasi (jihati), uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, shuningdek o’quv adabiyotlar bilan tanishtirish;

- uzluksiz ta`lim tizimining bo’g`inlarida mutahasislik fanlarini o’qitish metodikasi fanini o’ziga xos jihatlarini etkazish;

- kadrlar tayyorlash milliy dasturini, ta`lim jarayonining davriylik qonuniyatini jismoniy maniyat ta`limi tizimi bilan umumiylik xosil qilish qonuniyatlarini o’rgatish;

- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish, interfaol usullarning asosiy ko’rinishlari va ularni qo’llash, jismoniy maniyat ta`limi fanlaridan darsdan tashqari ishlarni tashkil etish olib borish borasida bilim va malakalar berish;

- jismoniy maniyat ta`limi fanlarida tajriba orttirish va undan foydalanish malakalariga ega qilish;

-kasbiy ijodiy tajribalarni targ`ibot qilish, o’rgatish xamda magistrlarda o’z kasbiga bo’lgan e`tiqodini oshirish.

- kasbiy ijodiy tajribalardan foydalanish qoidalarini va zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy qilish bo’yisha bilim va malakalar bilan qurollantirish.


1.2. Fan bo’yicha magistrlarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

«Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fanini o’zlashtirish jarayonida magistr:



  • jismoniy tarbiya tushunchasi;

  • jismoniy tarbiya–sog’lom avlodni tarbiyalash omili;

  • jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan bog’iqligi;

  • jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat muammolari;

  • o’quv – sport ishlarini modulini tuzish;

  • yangi sport asbob – uskuna va moddiy sport bazasini tashkil qilish;

  • bolalar yoshida jismoniy madaniyat va sport to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • mutaxassislarni tayyorlashda tizimli yondoshishni aniqlash, o’rganish;

  • jismoniy yuklanishni boshqarish, bolalar organizmini rivojlantirish xususiyatlari;

  • talabalar o’quv faoliyatini faollashtirish uslublari, zamonaviy pedagogik texnalogiyalari;

  • talabalar ko’nikma va malakalar bilmlarini nazorat qilish tizimini;

  • mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalash tizimida uruf-odob va an’analarni, milliy sport va harakatli o’yinlarni qo’llash;

  • mutaxassislarni tayyorlashda turli sport tadbirlarni va musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish bilimlarini shakllantirish;

  • bolalar jismoniy tayyorgarligini baholash kreteriyasini bilishi va malaka hosil qilishi;

  • darslarni o’tkazish jarayonida turli texnik vositalardan, shu jumladan trenijyorlar va boshqa zamonaviy vositalardan;

  • bolalarning jismoniy tayyorgarligini yuqoriy darajali tayyorlash va o’rgatish tizimlari;

  • ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa har xil turdagi mashg’ulotlarni o’tkazish;

  • maxsus fanlar bo’yiCha o’quv – metodik materiallarni ishlab Chiqish;

  • talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni o’tkazish;

  • jismoniy madaniyat va sport bo’yisha talabalar bilimini nazorat qilishni tashkiliy va o’quv- uslubiy ta’minlashni rejalashtirish;

  • talabalar, o’quvChilar sport – ommaviy va jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlarini, sport musobaqalarni tashkil qilishni rejalashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.


1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi

«Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fani o’z mohiyatiga ko’ra mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlash o’quv rejasida ko’rsatilgan fanlar bilan uzviy bog`langan bo’lib, u magistrni kelajakdagi ta`lim jarayoniga tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur fan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat», “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”, “Jismoniy madaniyat metodikasi”, “Jismoniy madaniyatning pedagogik va psixologik asoslari”, “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi”, “Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti”, “Jismoniy tarbiya va sportda menejdment hamda marketing” kabi fanlar bilan o’zaro bog`langan holda uzviy ketma-ketlikda olib boriladi.


1.4. Fanning ta`limdagi o’rni

«Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fani ta`lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib Chiqadigan vazifalar, fan, texnika va texnologik taraqqiyotining bugungi darajasi bilan bo’lajak harbiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifatini takomillashtirish, soha bo’yisha uzluksiz ta`lim tizimi bo’g`inlarini malakali kadrlar bilan ta`minlash, o’quv-tarbiyaviy jarayon sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko’tarish, talimning yangi printsiplari uslublarini, ilg`or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi asosida tarbiyalash va umuminsoniy qadriyatlarni anglatish, Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyasiga sadoqat ruhida o’qitish va tarbiyalash, zamonaviy xorijiy o’quv markazlarida keyngi talim uChun sharoit yaratish, xorijiy mutaxassislar bilan raqobatdosh yuqori malakali jismoniy madaniyat bo’yiCha kadrlar tayyorlash.


1.5. Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish» fanini o’qitish jarayonida magistrlar faoliyatini tashkil etish bo’yicha ishning jamoaviy, guruhli, kichik guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi. Mashg`ulotlarni olib borishda ma`ruza, hikoya, suhbat, tushuntirish, ko’rsatish, mashq qilish, amaliy ish bajarish, muammoli va mustaqil ish bajarish kabi uslublar qo’llaniladi. Interfaol uslublardan “Klaster”, “Echim daraxti”, “BBB”, “Blits uyin”, “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat”, “Toifalar jadvali”, “Insert”, “Pinbord”, “Venna diagrammasi” shuningdek “Keys-stadi” kabilarni qo’llash tavsiya etiladi.



1.6. Fanning hajmi.




Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

40

2

2

Amaliy

40

2

3

Seminar

-

-

4

Mustaqil ta`lim

50

2

5

Kurs ishi (loyihasi)

-

-




Jami

130





II. Asosiy qism.

2.1. Nazariy mashg’ulotlarning mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soat.



Mashg’ulotlar mavzular

Mashg’ulotlar maqsadi

ajra-tilgan soat

2-semestr

1

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi fani – o’quv fan sifatida

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi fanining maqsadi, vazifasi va mundarijasi. Uning O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimida tutgan o’rni. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

4

2

Kun tartibida o’tkaziladigan sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o’qitish metodikasi

O’quv muassasalari o’quvchi-bolalarning garmonik rivojlanishida sog’lomlashtirish tadbirlarinining tutgan o’rni haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish

8

3

O’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport bayramlarini tashkil etish va o’qitish metodikasi

Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

10

4

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazish

Maktabgacha yoshdagi bolalar Sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarining vositalari, o’rgatish usullari, shakllari, o’rgatish prinsiplari. Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida Sport bayramlari va sog’lomlashtirish mashqlarini, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishning o’ziga xosligi

8

5

Umumta’lim maktablarida sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlari

Umumta’lim maktab o’quvchilari bilan sinfdan tashqari olib boriladigan sog’lomlashtirish tadbirlariga tavsif. Sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlari vositalari, shakllari, o’rgatish metodlari, o’rgatish prinsiplari, sport mashg’ulotining prinsiplari

10







Jami

40


2.2. Amaliy mashg’ulotlarning mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soat.



Mashg’ulotlar mavzular

Mashg’ulotlar maqsadi

ajra-tilgan soat

2-semestr

1

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi fani – o’quv fan sifatida

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi fanining maqsadi, vazifasi va mundarijasi. Uning O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimida tutgan o’rni. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

2

2

Kun tartibida o’tkaziladigan sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o’qitish metodikasi

O’quv muassasalari o’quvchi-bolalarning garmonik rivojlanishida sog’lomlashtirish tadbirlarinining tutgan o’rni haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish

4

3

O’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport bayramlarini tashkil etish va o’qitish metodikasi

Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

6

4

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazish

Maktabgacha yoshdagi bolalar Sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarining vositalari, o’rgatish usullari, shakllari, o’rgatish prinsiplari.

Bolalar organizmini chiniqtirish, sog’lomlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida Sport bayramlari va sog’lomlashtirish mashqlarini, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishning o’ziga xosligi



4

5

Umumta’lim maktablarida sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlari

Umumta’lim maktab o’quvchilari bilan sinfdan tashqari olib boriladigan sog’lomlashtirish tadbirlariga tavsif. Sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlari vositalari, shakllari, o’rgatish metodlari, o’rgatish prinsiplari, sport mashg’ulotining prinsiplari

6

6

Maktabdan tashqari muassasalarda sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlari

Bolalar va o’smirlar sport maktablari. BO’SMda sport ishlarining vazifalari, vasitalari, musobaqa o’tkazish shakllari. BO’SM larda shug’ullanuvchilar bilan sog’lomlashtirish kunlarini tashkil qilish va o’tkazish usullari. Sog’lomlashtirish kunining ssenariysini tuzish metodikasi. BO’SM da shug’ullanuvchi bolalar bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test majmuasi me’yorini qabul qilish metodikasi. BO’SM dagi sport mashg’ulotlari

6

7

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida sport bayramlari va - sog’lomlashtirish tadbirlari

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida Sport bayramlari va sog’lomlashtirish ish shakllari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida tibbiy guruhlarda sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish. Bir kunlik sayrni tashkil qilish va o’tkazish. An’anaviy bayramlarga bag’ishlab sport musobaqalari va ko’rgazmali chiqishlarni tashkil qilish

6

8

Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish metodikasi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari Sport bayramlari va sog’lomlashtirish tadbirlarining maqsadi va vazifalari, vositalari va muammolari. Sog’lomlashtirish jismoniy mashg’ulotlarda qo’yiladigan pedagogik -gigienik talablar. Sog’lomlashtirish mashg’ulotlari yo’nalishi (gigienik, sog’lomlashtiruvchi, tiklovchi, umumtayyorgarlik, amaliy - kasbiy). Ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlari. Sog’lomlashtirish jismoniy mashqlarni amaliy kasbga yo’naltirilgan prinsipi (jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi prinsipi)

6







Jami

40

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə