Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari


Aqliy bilishning 3 xil shakli mavjud



Yüklə 152 Kb.
səhifə3/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Aqliy bilishning 3 xil shakli mavjud;

  1. Tushuncha - Aqliy bilishning shunday shakli bo‘lib unda predmet va hodisalarning eng umumiy belgilari va xossalarini aks ettiriladi.

  2. Hukm - Aqliy bilishning shunday shakli bo‘lib uning yordamida narsa va hodisalarga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.

  3. Xulosa chiqarishaqliy bilishning muhim shakllaridan biri bo‘lib, ikki yoki undan ortiq xukmlardan yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo‘lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo‘lishi ham mumkin.

Bilishning oliy darajasi Inuitiv(qalban) bilish, g‘oyibona bilishdir. O‘zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag‘ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobilyatiga ega bo‘ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi.
Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi.
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g‘ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob'ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda chiqib ularni to‘ldiradi.
Inson biron-bir hodisani g‘ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to‘satdan uning ko‘z o‘ngida yorishish, insayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseev hozirgi ilmiy bilishda intuitsiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuitsiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o‘rnini bosolmaydi, deydi.
Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob'ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz.
Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo‘li bilan paydo bo‘lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma'lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo‘nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar.
Fan - dunyo to‘g‘risidagi, shu jumladan odamning o‘zi to‘g‘risidagi, obyektiv bilimlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyatdir, deb ta'riflash qabul qilingan. Sharqda bilim hamisha yuksak darajada qadrlangan. XII asrda yashab ijod etgan shoir va mutafakkir olim Ahmad Yugnakiy fan va bilim haqida bunday degan: « … Olim odamlarga yaqinroq bo‘l. Bilim senga keng yo‘l ochib beradi. Bilimlarga intil, baxt yo‘lini izla. …Endi o‘zing sinab ko‘r: hisoblab, o‘ylab ko‘r, bilimlardan ham foydaliroq bo‘lgan biron bir narsa bormi. Bilishlik olimni ko‘klarga ko‘taradi, bilmaslik odamni yerga uradi»1.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə