Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə4/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Ilmiy bilish tuzilmasida ikkita o‘zaro farq qiluvchi, lekin bir-biri bilan bog‘liq daraja – empirik (tajriba) va nazariy darajalar mavjud.
Eksperiment ilmiy bilimlarni isbotlash va rivojlantirish vositasidir. Shunday qilib eksperiment, bu – bilimga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turi bo‘lib, o‘rganilayotgan obyektga maxsus asbob-uskunalar vositasida ta'sir ko‘rsatishdan iborat.
Nazariya, bu – muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida obyektiv va real jarayonlarni ifoda etuvchi tushunchalar tizimidir. Har bir konkret nazariya aks ettirish va konstruksiyalashning birligidir. Har qanday nazariya, bu - tushunchalar tizimidir. Abstraktlikdan konktretlikka ko‘tarilishni umumiy tarzda ilmiy nazariy fikrning predmetni yoki obyektni tadqiq qilish borasida tobora to‘la, har tomonlama va birbutun qilib ifoda etish tomon harakatdir, deb ta'riflash mumkin. Bilimning abstraktligi deganda, keng ma'noda bilimning to‘liq emasligi, bir tomonlamaligi, konkretligi deganda esa bilimning to‘liqligi, mazmundorligi tushuniladi. Shu ma'noda «abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish» iborasini butun bilimning umumiy yo‘nalishini tavsiflash uchun qo‘llash mumkin, chunki unda bilimning kamroq mazmundorlikdan ko‘proq mazmundorlik tomon harakati qayd etiladi.
Fikrning abstraktlikdan konkretlik tomon harakati to‘g‘risidagi tushunchani birinchi bo‘lib Xegel fikr taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini xarakterlash uchun taklif qilgan.
Subyekt – bu bilish harakatining sohibi bo‘lgan shaxsdir, fikrlovchi «Men» dir.
Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati yo‘naltirilgan narsadir, ya'ni bizni qurshab turgan butun olamdir.
Ong - yuksak darajada tashkil topgan materiyaning ya’ni inson miyasining maxsuli bo‘lib, uning xususiyati vokelikni aks ettirishdan iboratdir. Ong - akl, tafakkur, falsafadagi markaziy kategoriyalardan biri. Ongsizlik - ongning genetik jixatidan talqini. Ongsizlik birlamchiligini bildirib u o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va xatti-xarakatida muayyan darajada rol o‘ynashini tan olishni takozo etadi.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə