Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə5/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

In’ikos - har qanday predmetlarning ta’sirini muayyan tarzida aks ettirishi bilan bog‘liq xossaga in’ikos deyiladi. Ong in’ikosning oliy shaklidir.
Bilim - ong tuzilishining asosiy unsuri(elementi)dir. Shuning uchun ham bilimlarning boyib, chuqurlashib borishi ong rivojlanishini xarakterlaydigan muhim belgi hisoblanadi.
Ongning yana bir unsuri(elementi) xilma – xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan kechinmalardir. Ularda in’ikos obyektiga bo‘lgan munosabat gavdalanadi. Bilimlarimizning chuqurligi va ko‘lamliligi, hissiyotlarimizning namoyon bo‘lishi yoki bo‘lmasligi orzu-intilishimiz – irodamizga bog‘liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga, ko‘zlangan maqsad yo‘lida tinmay harakat qilishga yo‘l ochadi.
Til - muayyan belgilar tizimi demakdir.. Tibbiyot ilmida til bu ikkinchi signallar tizimi deb yuritiladi. Ijtimoiy ong - tabiiy va ijtimoiy voqyelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo‘lgan muayyan umumiy his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar majmuidir.
Individual ong - muayyan, guruh, elat, millatga mansub bo‘lgan ayrim kishining ongi bo‘lib, jamiyatdagi voqyeylik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishdir.
Ijtimoiy va individual ongning mohiyatini chuqurroq anglash uchun ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni tushunib olish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy va individual ong o‘rtasidagi o‘xshashlik;

  • bir tomondan, har ikkalasining ham ijtimoiy voqyelikni aks ettirishida ko‘rinadi.

  • ikkinchi tomondan, ijtimoiy ong voqyelikni individ ongi orqali aks ettiradi.

Chunki, ijtimoiy voqyelikda yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo, alohida kishilar ongida o‘z aksini topadi va undan so‘nggina ijtimoiy ongda gavdalanadi.
Ijtimoiy ong strukturasi - Voqyelikni aks ettirish darajasiga ko‘ra ijtimoiy ong:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə