Bino va inshootlarni loyihalash



Yüklə 451,98 Kb.
səhifə1/7
tarix15.02.2023
ölçüsü451,98 Kb.
#100849
  1   2   3   4   5   6   7
Tushuntirish xati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
“BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH” KAFEDRASI
“BINO VA INSHOOTLAR ARXITEKTURASI” FANIDAN
TUSHUNTIRISH XATI
MAVZU: “YAKKA BUYURTMACHILARGA KIYIM TIKISH ATELYESI”
Guruh: 48-21
Bajardi: Olimjonov Bobur
Qabul qildi: Abdurahim Mingyasharov
Toshkent 2022

T U S H U N T I R I S H X A T I .

R E J A :








  1. Kirish .

  2. Qurilish tumanining tas’niflari

  3. Hajmiy- tarixiy yechimlar

  4. Poydevorlar

  5. Devorlar

  6. Pardadevorlar

  7. Zinalar

  8. Pollar

  9. Qavatlar aro yopmalar

  10. Tomlar va tom qoplamalari

  11. Oyna va eshiklar.

12. Foydalanilgan adabiyotlar

1.K I R I S H
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TO’G’RISIDA QISQACHA MA’LUMOT

O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Тermiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56°00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng. O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan.


Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik okrugdan farq qiladi. Buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq havo oqimlarini tog‘lar to‘sib turadi. Aksincha, shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib keladi. Natijada, O‘zbekiston subtropik mintaqada joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz, serquyosh, jazirama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga keladi.1924 yildan sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritib, o‘zining bozor iqtisodiga o‘tish yo‘lini boshladi. O‘zbekiston prezidentlik Respublikasi sanaladi va unda prezidentlik lavozimi hamda parlamentga saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.


Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni (2022) — ↗36.011.621. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi.
O‘zbekiston O‘rta Osiyoda aholisi zich joylashgan respublika bo‘lib, unda 36 mln dan ortiq kishi yashaydi. Uning aholisi Shveysariya aholisidan 4 marta, Qozog‘iston aholisidan 2 marta, Turkmaniston aholisidan 6,5 marta ko‘pdir. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,7 foiz atrofida bo‘lib, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga o‘sib bormoqda. O‘zbekiston aholisining 51 foizi shaharlarda, 49 foizi esa qishloqlarda yashaydi.
O‘zbekiston aholisining asosiy qismi o‘zbeklar bo‘lib, ulardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq, koreys, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, turk, yahudiy va boshqa millatlar yashaydi.

O‘zbekiston 1924-yilda sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi respublika tarzida tashkil topgan. 1991-yil 31-avgustda mustaqil deb e’lon qilindi va O‘zbekiston Respublikasi deb nomlana boshlandi. Hozir poytaxtimiz Toshkent shahrida 2 mln 400 ming dan ortiq aholi yashaydi.


Oʻzbekiston 12ta viloyat, (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.



Yüklə 451,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə