Biologik faol qo’Shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosiy tahlili



Yüklə 188,39 Kb.
tarix19.04.2022
ölçüsü188,39 Kb.
#85652
Biologik faol qo’Shimcha vositalar va dori vositalarining qiyosi


BIOLOGIK FAOL QO’ShIMChA VOSITALAR VA DORI VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI
BIOLOGIK FAOL QO’ShIMChALAR NIMA?

Biologik faol qo’shimchalar(BFQ)-bu inson organizmi uchun zarur moddalar etishmovchiligini to’ldiruvchi tabiiy birikmalar manbaidir.

Biologik faol qo’shimchalarga quyidagilar kiradi:mutivitaminlar, mineral komplekslar, omega 3,xondoproteetorlar va immunomodulyatorlar.Biologik faol qo’shimchalar zarur moddalar etishmovchiligini to’ldiruvchi mikroelementlar,vitaminlar kompleksi tabiiy birikmalar manbaidir.Organizda bunday moddalarning etishmovchiligi turli kasalliklar rivoji va qarishga olib keladi.Bu qo’shimchalar turli hil moddalar almashinuvini tartibga soladi,tana a’zolari va ularning faoliyatini me’yorlashtirish va yaxshilash,kasalliklar havfini kamaytirish,oshqozon-ichak trakti mikroflorasini yaxshilash uchun xizmat qiladi.Biologik faol qo’shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi.

NUTRIVERO savdo mareasiga 34 ta biologik faol qo’shimchalari kiritilgan bo’lib,ular " IPAR"korporatsiyasi mahsulotlarining yangi avlodidir.



Biologik faol qo’shimchalar keng tarqalgan bugungi kunda quvvatni oshirish borasida “mo’’jizakor” xususiyatga ega “erkaklar uchun darmondorilar” eng xaridorgir tovarga aylanib bormoqda.

Internet tarmoqlariga bir nazar tashlasangiz, erkaklarga quvvatini tiklab bera oladigan “sehrli” vositalarni tavsiya qiluvchi e’lonlarga to’lib ketganiga guvoh bo’lasiz. Go’yoki, ehtiyoj shu darajaga etganday.
Mutaxassislar esa ba’zilaridan qandaydir foyda bo’lishi mumkinligini inkor etmagan holda, bunday quvvatdorilarga ruju qo’yganlarni ogohlantirishdan erinishmayapti.
Xo’sh, aslida ulardan kimga foyda, kimga ziyon?
Shuni unutmaslik kerakki, biofaol qo’shimcha – bu kasallikka qarshi dori emas. Buning ustiga, agar uning tarkibida dori mavjud bo’lsa, bu jinoyat bilan barobar va uni ishlab chiqarganlar jazolanishi kerak. Afsuski, mutaxassislar fikricha, bunday holatlar ko’p uchramoqda.

Masalan, Moskva shahrida o’tkazilgan tekshirishlarda dorixonalarda sotilayotgan ana shunday biofaol qo’shimchalarning 80 foizi tarkibida “ta’qiqlangan xavfli moddalar” mavjudligi aniqlangan. Gap inson salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin bo’lgan fosfodiesterazlar 5-tipiga mansub ingibitorlar (FDE-5) haqida bormoqda. Kardiologlar FDE-5ning anemiya, ichak yarasi, buyrak va jigar xastaligi, arterial gipertoniya, stenokardiya va yurak urishida buzilish bo’lgan erkaklar uchun qat’iy ta’qiqlanganini aytishadi.

Xalqaro miqyosda taniqli bo’lgan doktor Mark Aron esa 50 yoshdan oshgan barcha erkaklarga muntazam ravishda prostata bezi saratonining oldini olish bo’yicha tekshirishdan o’tib turishni tavsiya qilgan holda, erlik quvvatini oshiradigan ayrim turdagi biofaol qo’shimchalarni qabul qilish mumkin deb hisoblaydi.

Erkaklar salomatligi uchun mo’ljallangan biofaol qo’shimchalar (ishonchli ishlab chiqaruvchilar mahsuloti) tarkibida haqiqatdan ham erkaklar tanosil a’zolariga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan moddalar bor. Ular hirsni qo’zg’ash xususiyatiga ega. Har qalay, qaysidir o’lkalarda o’sadigan ana shunday dorivor o’simliklar ekstraktini ko’p yillardan buyon erkaklar iste’mol qilib kelishadi.

Ammo ulardan kasallikni tiklash maqsadida foydalanish aslo mumkin emas, deydi mutaxassislar. Erkaklik quvvatining kamayishi bu kasallik. Uni tibbiyot davolaydi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchisi noma’lum qandaydir “mo’’jizakor” o’tning ekstrakti bilan davolanishga urinish ahvolni og’irlashtirishi, kutilmagan boshqa xastalikni keltirib chiqarishi ham mumkin ekan.

Ishlab chiqaruvchilarni birinchi galda mahsulotning ko’proq va tezroq sotilishi, undan kelayotgan daromad ko’proq qiziqtirishi turgan gap. Shuning uchun ular birinchi navbatda xaridorlar kutgan "natija”ga zo’r berishadi. Keyin-chi, keyin nima bo’ladi? Buyog’i endi xaridorning muammosi.

Bunday dorivor giyohlarni muttasil iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelgan holatlar haqida ogohlantirar ekan, soha mutaxassislari ularning farmatsevtik tarkibi noma’lumligiga e’tibor qaratadilar.

Haqiqatdan ham, vrach bemorga o’zi tarkibi haqida ma’lumotga ega dorini tavsiya qiladi, ammo sizga o’sha “mo’’jizakor” preparatni tavsiya qilayotgan “attor” nimani biladi? Umuman, bu muammo butun dunyoga tarqab ketgan. Jumladan, o’zimizda ham.

Sog’lig’iga e’tiborsiz bo’lmagan erkaklarda har xil xapdorilarga zarurat bo’lmasligi aniq. Buning uchun jismoniy mehnat, sport bilan shug’ullanish, to’g’ri ovqatlanish kifoya. Agar muammoga duch kelingan bo’lsa, vrachlar tavsiyasiga quloq solgan ma’qul.
O’zbekistonda Ecosink — biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarila boshlandi

Top Victory kompaniyasi Farg’onada Ecosink — biologik faol qo’shimchalarni ishlab chiqara boshladi. Ushbu dorivor vosita kapsula va qiyom shaklida bo’lib, uning asosiy tarkibi rux moddasi va askorbin kislota (C vitamini)dan tashkil topgan.



Ecosink ginekologiya, urologiya, travmatologiya, pediatriya, dermatologiya, endokrinologiya, diareya, oftalmologiya, nevrologiya, lor, immunologiyada qo’llaniladi.

Kishining rux moddasiga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 15 milligrammni tashkil etadi. Ushbu modda biologik membranalar, hujayra retseptorlari, proteinlarning tarkibiy qismi va 200 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi.

Rux C vitamini bilan birga antitelalar sintezini rag’batlantiradi va viruslarga qarshi ta’sir ko’rsatib, immun tanqisligining yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. U eritrositlar va qonning boshqa shaklli elementlari hosil bo’lishi uchun zarur.

Rux yog’lar almashinuvini normallashtiradi, endokrin bezlarining normal faoliyatini, shu jumladan insulin, o’sish gormoni, kortikotropin va somatotropin sintezini ta’minlaydi. Jinsiy reproduktiv faoliyatini tutib turadi — jinsiy gormonlarning o’tmishdoshi va testosteronning ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

Rux prostatitning normal faoliyat ko’rsatishi uchun ham muhimdir. U o’sish va jinsiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Ayollarda urug’lanish va hayz tsiklini muntazam bo’lishini ta’minlaydi. Homilaning normal o’sishi va rivojlanishiga, tug’ilgandan so’ng esa onasida ko’krak suti shakllanishida yordam beradi.

Quyidagi suratda rux moddasi qaysi kasalliklarning oldini olishda va davolashda foydalanilishi haqida batafsil ma’lumot manbalari bilan taqdim etilgan.

Ecosink tarkibidagi askorbin kislotasi (C vitamini) esa o’t-safro chiqarilishini yaxshilaydi, oshqozon osti bezini tashqi sekretor faoliyatini tiklaydi, yallig’lanish hosil bo’lishini susaytiradi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda, uglevodlar, aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida, steroid gormonlar, katexolaminlar sintezida, qon ivishi jarayonida ishtirok etadi. Kishining C vitaminiga bo’lgan sutkalik ehtiyoji esa 60 milligrammni tashkil etadi.



Ecosink shifokor retseptisiz qo’llaniladi. Dorixonalardan so’rang.
Yüklə 188,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə