Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə51/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javob:


@UzBMBA

@UzBMBA
Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‗lib, organik karbon kislotalarning hosilalaridir. Aminokislota organik kislota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminoguruh NH2 bilan almashinishidan hosil bo‗ladi. ko‗pincha NH2 guruh karboksil guruhiga (COOH) qo‗shni uglerod atomining vodorodi o‗rniga kiradi. Aminokislotalar asosan bir xil sxemada tuzilgan. 1) molekulaning bir uchida karboksil guruhlar (COOH) joylashgan; 2) karboksil guruh yonida aminogruppa (N2H) joylashgan. Barcha aminokislotalarda amino-karboksil guruh bir xil bo‗ladi, ular bir-biridan faqat radikallarining tuzilishi bilangina farqlanadi. Shunday qilib aminokislotaning umumiy formulasini quyidagicha yozish mumkin:
R
|
H-C-NH2
|
COOH
3) uchinchi tarkibiy qism radikaldeyiladi va R harfi bilan belgilanadi.
oqsil molekulasi hosil bo‗lishida aminokislotalar o‗zaro peptid bog‗ orqali birikadi. Bitta aminokislotaning karboksil guruhi va qo‗shni aminokislotani aminoguruhidan suv molekulasi ajralib chiqadi va bo‗sh qolgan valentliklar hisobiga aminokislota qoldiqlari bir-biri bilan birikadi. Aminokislotalar o‗rtasida peptid bog‗ vujudga keladi. hosil bo‗lgan aminokislotalar birikmasi peptid deb ataladi. Ikkita aminokislotadan hosil bo‗lgan peptid dipeptid, uchta aminokislotadan hosil bo‗lgani tripeptid, ko‗p aminokislotalardan hosil bo‗lgani polipeptiddeb ataladi. Polipeptid tarkibida aminokislotalar 50 tadan kam bo‗lsa, polipeptiddeb ataladi.
Agar polipeptid tarkibida aminokislotalar soni 50 dan ortiq bo‗lsa shartli ravishda oqsillardeb ataladi. Aminokislotalarning umumiy xossalari — aminokislotalar tarkibidagi amino va karbon guruhlariga hamda ularning qanday joylashganligiga bog‗liq. o‗simlik va ko‗pchilik mikroorganizmlar aminokislotalarni o‗zlari oddiy birikmalardan (CO 2, suv, ammiak) sintezlay oladi. Yuqorida bayon etilganidek oqsil tarkibidagi aminokislotalar 20 xil bo‗lib shundan 10 tasi almashtirib bo‗lmaydigan.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə