|
Biologiya fakultetiO’tgan mavzuni takrorlash bo’yicha savollar!
|
səhifə | 3/8 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 180,39 Kb. | | #183009 |
| 5-sinf Biologiya, Botanika fanidan Zamburug\'lar dunyosi dars ishlanma O’tgan mavzuni takrorlash bo’yicha savollar!
1.Bakteriyalarni o'rganuvchi fan nomini ayting?
J: Mikrobiologiya fani
Viruslar odamlarda keltirib chiqaradigan kasalliklar nomini ayting?
J:gripp,gepatit,ensefalit,OITS
Gepatit A va B virusi qaysi hujayralarda parazitlik qiladi?
J: jigar hujayralarida
Nafas yo’llarining shilliq qavatida parazitlik qiluvchi viruslar nomini ayting?
J: gripp va koronavirus
Lab epiteliysida parazitlik qiluvchi virus nomini ayting?
J: gerpes
Bakteriyalar noqulay sharoitda nima hosil qiladi?
J: spora
Sut –qatiq mahsulotlari olishda, silos bostirishda qaysi bakteriyadan foydalaniladi?
J: achituvchi bakteriya
Tomizg’i tarkibini ayting?
J:sut tarkibidagi uglevodlarni parchalab ,sut kislotaga aylantiruvchi bakteriyalar yig’indisi.
Yer yuzining sanitarlari hisoblangan bakteriya turini ayting?
J: Chirituvchi bakteriyalar
Fransuz olimi Lui Paster tajribasining mohiyati?
J: “S” simon shaklidagi nay ichidan bakteriyalar o’ta olmagan,natijada qaynatma aynib qolmagan.
Dukkakdoshlar oilasi vakillari bilan qaysi bakteriyalar hamkorlikda (simbioz)yashaydi?
J:Tugunak bakteriyalar
San’at asarlarini chiritib,yaroqsiz holatga keltiruvchi bakteriya turning nomini ayting?
J: Chirituvchi bakteriyalar
Tezkor savollar !
1.Bakteriya virusining nomi- Bakteriofag 2.O’simlik virusi nomi-Tamaki mozaikasi 3.Hayvon virusi nomi-quturish
Tashqi tuzilishiga ko’ra nechta bakteriya guruhi bor-3 ta
sharsimon bakteriya nomi- kokklar 6.tayoqchasimon bakteriya nomi-batsilla 7.buralgan bakteriya nomi-vibrion yoki spirilla 8.achituvchi bakteriya foydalimi-ha 9.chirituvchi bakteriya foydalimi-ha
tugunak bakteriya zararlimi-yo’q
sil kasalligini bakteriya keltirib chiqaradimi-ha
Bakteriyaga qarshi fitonsid ajratuvchi o’simlik nomi-archa,terak 13.epidemiya bu-yuqumli kasallikning yoppasida tarqalishi 14.karantin bu-epidemiyaning oldini olish uchun e’lon qilinadi
15. hayotning hujayrasiz shakllari-viruslar
Dostları ilə paylaş: |
|
|