Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2019 yangi


-$. Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam ko'rsatish



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/51
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#135367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha (2) 000

36-$. Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam ko'rsatish. 
1.Organizmni chinqitirish vositalari to'g'ri berilgan qatorni belgilang? 
A)suv,havo,quyosh B)suv,balchiq,havo C)havo,issiq suv,quyosh D)t.j.berilmagan 
2.Tana muskullarining sovuq ta'sirida ixtiyosiz ritmik qisqarishi nima deb ataladi? 
A)tutqanoq B)refleks C)qaltirash D)qo'rquv 
3.Yonayotgan kishini yerga ag'anatib, olovni o'chirganimizdan so'ng nima qilishimiz lozim? 
A)kuygan joylariga og'riq qoldiruvchi ukol qilinishi kerak B)kuygan joylariga 25 minut davomida sovuq suv quyib 
turiladi
C) kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suv quyib turiladi D) A va B javoblar to'g'ri 
4.Nima sababdan sovuq havoda ko'pincha quloq,burun yoki barmoqlarni sovuq uradi? 
A)chunki u yerdagi tomirlar chuqurroq joylashgani sababli B)chunki u yerdagi qon tomirlar yuzaroq joylashgani uchun
C)chunki ular ochiq holatda turganligi uchun D)t.j.yo'q 
5.Qanday qon tomirlar mo'rt bo'lib qoladi? A)issiq urgan B)sovuq urgan C)kislota to'kilgan D)jarohatlangan 
6.Teriga kislota behosdan to'kilib ketganda 1-chi yordam berish uchun qanday amallar qilinadi? 
A)kuygan joy ichimlik sodasi eritmasi bilan yuviladi B)kuygan joylariga 25 minut davomida sovuq suv quyib turiladi
C)sterillangan bog'ich bilan bog'lanadi D) A va C javoblar to'g'ri 
7.Kuyish darajalari va ularga mos keladigan jarohatlarni juftlab yozing: a-birinchi darajali, b-ikkinchi darajali, d-uchinchi 
darajali; 1-epidermis va terining chuqur qavatlari jarohatlanadi, 2-teri shishib,pufaklar bilan qoplanadi, 3-tashqi 
epidermis jarohatlanadi. 
A)a-1, b-2,d-3 B) a-1, b-3,d-2 C) a-3, b-1,d-2 D) a-2, b-3,d-1
8.Teri kuyishi xillari va ularga mos kelgan tadbirlarni juftlab yozing: a-qaynoq suyuqlik bilan kuyish,b-kimyoviy 
moddalar bilan kuyish, d-kislota bilan kuyish, e-ustki kiyim yonishi; 1-uygan joyni ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvish
2-jarohatlangan joyga sovuq suv quyish, 3-yerga yotib dumalash, 4-jarohatni 15 minut sovuq suvda yuvish. 
A)a-4,b-2,d-1,e-3 B) a-1,b-2,d-3,e-4 C) a-2,b-1,d-4,e-3 D) a-4,b-1,d-2,e-3
9.Quloq shang'illashi qaysi holatda yuz berishini aniqlang? 
A)sovuq urganda B)issiq urganda C)kuyishda D)baland joydan yiqilib tushganda 
10.Quyidagilar orasidan issiq urgan odamda sodir bo'ladigan belgilarni ajrating: 1-teri oqarishi, 2-teri sezuvchanligi 
yo'qolishi, 3-yuragi tez urishi, 4-bosh og'rishi,5-quloq shang'illashi,6-hushidan ketishi,7-qaltirash,8-soch to'kilishi. 
A)1,2,5 B)3,4,6 C)5,7,6,8 D)1,5,6,8 
11. Quyidagilar orasidan sovuq urgan odamda sodir bo'ladigan belgilarni ajrating: 1-teri oqarishi, 2-teri sezuvchanligi 
yo'qolishi, 3-yuragi tez urishi, 4-bosh og'rishi,5-quloq shang'illashi,6-hushidan ketishi,7-qaltirash,8-soch to'kilishi. 
A)1,2,5 B)3,4,6 C)5,7,6,8 D)1,2,7,8 


https://t.me/Yazdanov_biologiya

38 
12.Quyidagilar orasidan kuygan joyga qo'llash mumkin bo'lmagan chora tadbirlar nechta ekanligini aniqlang: 1-15-minut 
davomida sovuq suv quyib turish, 2-sterillangan bog'ich yoki toza material bilan bog'lash, 3-kuygan joyda paydo 
bo'luvchi pufaklarni yorish, 4-jarohatga o'simlik yog'i surtish,5- jarohatga margansovka surtish,6- jarohatga spirt 
surtish,7-issiq sut,kofe yoki choy ichirish,8-ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvish. 
A)6 ta B)5 ta C)7ta D)2ta 
13.Sigareta qanday qilib sovuq urishini tezlashtirini aniqlang? 
A)organlar issiqlikni tashqi muhitga ko'p ajratishi tufayli organizm tez sovib ketishi orqali 
B)qon tomirlarini siqib, barmoqlar va boshqa organlarda qon oqishini qiyinlashtirishi tufayli 
C)qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytirishi tufayli 
D)A va B javoblar to'g'ri 
14. Sochga tegishli tushunchalar va ularga mos xususiyatlarni juftlab yozing: a-soch o'qi,b-soch xaltasi,d-soch ildizi,e-
sochning bo'lishi va qalinligi,f-soch muskullari,h-soch piyozchasi,g-soch rangi; 1-soch ildizini o'rab turadi,2-teri epiteliysi 
pigmenti bilan bog'liq,3-piyozcha hisobidan soch o'sadi,4-sochning terida joylashgan qismi,5-sochning teri ustida 
joylashgan qismi,6-yoshga va jinsga bog'liq,7-soch xaltasiga tutashgan. 
A) a-5,b-1,d-4,e-7,f-6,h-3,g-2
B) a-5,b-2,d-4,e-6,f-7,h-3,g-1
C) a-7,b-1,d-4,e-6,f-5,h-3,g-2 
D)a-5,b-1,d-4,e-6,f-7,h-3,g-2 
15.Issiq urganda birinchi yordamda dastlab nima qilinadi? 
A)bemor peshanasiga va tanasiga sovuq suvda ho'llangan sochiq bosiladi
B)bemor kiyimi va tugmalari yechilib, salqin joyga yotqiziladi
C)bemor kiyimi va tugmalari yechilib, iliq xonaga yotqiziladi 
D)bemor sovuq suvli vanna qabul qilishi lozim 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə