Biologiya sertifikat-9 diagnostik


-46-topshiriqlarning har biriga 3,2 ball (a-1,5 ball; b-1,7 ball) beriladi



Yüklə 83,09 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü83,09 Kb.
#157890
1   2   3
MILLIY SERTIFIKAT-9-diagnostik test! 13.11.23

36-46-topshiriqlarning har biriga 3,2 ball (a-1,5 ball; b-1,7 ball) beriladi


  1. Bedaning bar eti hujayrasida C6H12O6 ning to'liq parchalanishi va yorug`lik ta'sirida jami 5590 mol ATF hosil bo'ldi. Shundan so'ng xloroplastlarda ATF ning bir qismi glukozaga aylandi. Sintezlangan va to'liq parchalangan glukozalarning soni o`zaro 8:1 nisbatda bo`lsa, quyidagilarni aniqlang

    1. Nechta ADF fotofosforlanish jarayonida qatnashgan?

    2. Xloroplastda ortib qolgan ATF dan necha g glukoza sintezlash mumkin?




  1. X g glukoza to'liq va chala parchalandi. Aerob sharoitda jami 180 mol ADF sarflandi. Jarayonlar natijasida hosil bo'lgan CO2 va parchalanmagan sut kislota miqdori o`zaro 5:1 nisbatda bo'lsa, quyidagilarni aniqlang.

    1. X ning qiymatini aniqlang

    2. Sut kislotaning necha foizi (%) parchalangan?




  1. Tulkilar populyatsiyasida A geniga ega organizmlar 96% ni tashkil etadi. Kumushsimon tulkilar AA geotipga, tillarang tulkilar Aa genotipga, qora rangli tulkilar esa aa genotipiga ega.1200 ta tulkidan iborat populyatsiyada quyidagilarni aniqlang.

    1. kumushsimon tulkilar soni qancha?

    2. a genining uchrash chastotasi necha %?




  1. Odamlarda miopiyaning bir necha turi uchraydi. A geni miopiyaning -2 dioptriyadan -4 dioptriyagacha bo`lgan yengil darajadagi turini, B geni miopiyaning -4 dioptriyadan -7 dioptriyagacha bo`lgan o`rta turini keltirib chiqaradi. Bu genlar har xil autosoma xromosomalarida joylashgan. Bu ikki dominant genning birgalikda kelishi -7 dioptriyadan yuqori bo'lgan o`tkir miopiyani keltirib chiqaradi.aabb genotipli organizm sog`lom hisoblanadi.Onasi birinchi tur bo`yicha kasal, otasi ikkinchi tur bo`yicha kasal ota-onadan miopiyaning ikkala turi bo`yicha ham kasal farzandlar tug`ildi.

    1. Olingan avlodda o`tkir miopiya bilan kasallanganlarning foizini aniqlang.

    2. Og'ir darajadagi miopiya turi bilan kasallangan oiladan tug'ilgan farzandlarning 37,5% i yengil va o`rta darajadagi miopiya bilan kasallangan. Ushbu oiladagi farzandlarning necha foizining genotipi ota-onasining genotipiga o'xshaydi?




  1. O’simlikda dissimilatsiyada hosil bo’lgan glyukoza va dissimilatsiyada parchalangan glyukoza nisbati 7,5:1 nisbatda bo’lib, mitoxondriyada 9 mol CO2 hosil bo’lgan bo’lsa, a) necha gramm glyukoza parchalangan.

(Xloroplastda hosil bo’lgan ATF larni barchasi glyukoza sinteziga sarf bo’lgan)

    1. necha gramm glyukoza parchalangan.




    1. necha foiz glyukoza to’la parchalangan?




  1. O’simlik hujayrasida 1620 g glyukoza parchalanganda sitoplazmada hosil bo'lgan ATF mitoxondriyada hosil bo'lgan ATF lardan 4 marta kamligi ma'lum bo'lsa, parchalanmay qolgan sut kislotani parchalashga yana necha mol O2 sarflanganda mitoxondriya va sitoplazmadagi ATF nisbati 8:1 ga yetadi a)

  1. Shu payt mana shu o’simlikda jami necha mol ATF hosil bo’lgan?




  1. Makkajo‘xori o`simligida maysalarining sariq va yaltiroq bo‘lishi, yashil va xira bo`lishi ustidan, poyasining uzunligi kaltaligi ustidan dominantlik qiladi. ABC genlari bitta xromosomada joylashgan trigeterozigota organizmni tahliliy chatishtirish natijasida jami 10 000 ta avlod olindi. Shundan 6080 tasi nokrossover formalar. A va B genlari orasida sodir bo`lgan krosingover natijasida 1850 ta krossover formalar, B va C genlari o`rtasida sodir bo`lgan krosingover natijasida 2030 ta krossover forma olindi.

    1. qo'sh krossingover foizi qancha ekanligini toping?

    2. A va B genlari orasidagi masofani aniqlang?

  2. Drozofila pashshasida tananing kulrangliligi qoraligi ustidan, qanotlarining normalligi kaltaligi ustidan ustunlik qiladi. Ko’zlarining qizil bo’lishi oq bo’lishiga nisbatan ustunlik qiladi va ko’zining rangi jinsiy X xromasomaga birikkan holda irsiylanadi. Kulrang tanali, narmal qanotli, qizil ko’zli urg’ochi drazofila (otasini fenotipiga qarab genotipini aniqlash mumkin, onasi oq ko’zli), kulrang tanali, narmal qanotli, oq ko’zli ( onasi kulrang tanali, otasi narmal qanotli) erkak drazafilla bilan chatishtirildi.




    1. Olingan avlodning necha foizi kulrang tanali, kalta qanotli va qizil ko’zli bo’ladi. (Krasengover jarayoni urg’ochi organizmlarida sodir bo’lib 17% ga teng.)




    1. Olingan urg`ochi pashshalardan necha foizi qizil ko`zli,kulrang tanali bo`ladi




  1. Bug‘doy-toshbaqa-sorisordan iborat oziq zanjirida toshbaqanining biomassasi 5 kg ga, sarisorniki 3 kg ga ortgan.

    1. oziq zanjiridagi bug`doy massasini kg da aniqlang

    2. toshbaqa biomassasi necha foizga oshgan

  2. Birinchi DNKda 750 ta, ikkinchi DNKda 1100 ta nukleotid mavjud. Birinchi DNKdagi purin asoslarining soni guanin va sitozin nukleotidlari son idan 1,25 marta ko‘p. Ikkinchi DNKdagi adenin nukleotidlari soni pirimidin asoslari sonidan 2,75 marta kam.

    1. Birinchi va ikkinchi DNKdagi adenin va timin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar yig‘indisini toping.

    2. Ikkinchi DNKdagi guanin va sitozin nukleotidlari yig‘indisini toping.


Sherbek Xolbo’tayev Biologiya online kurs +998 94 288 03 93



Yüklə 83,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə