Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora tadbirlar ishlab chiqish



Yüklə 23,7 Kb.
səhifə3/6
tarix13.04.2022
ölçüsü23,7 Kb.
#85421
1   2   3   4   5   6
Biosfera

Biosferaning chegaralari. Tirik organizmlar Yerning gazsimon (atmosfera), suyuq gidrosfera) qattiq (litosfera) qismlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 15 - 25 km balandlikda (Yerning har xil hududlarida farqlanadi), atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan. Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta ’sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo’ladi. Ozon ekrani tirik organizmga ko‘p miqdorda zararli ta ’sir ko‘rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini Yer yuzasiga o ‘tkazmaydi.

Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o‘ta chidamli bakteriyalar, zamburug’lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o‘rgimchaklar va ba’zi qushlar 6-7 km gacha ko’tarilishi kuzatilgan.

Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko’llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning ham ma qismida, hatto eng chuqur - 11 km gacha bo’lgan joylarida uchraydi.

Litosferada hayot uning yuqori qatlamlarida, 3 - 4 km chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft quduqlari kavlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bakteriyalar topilgan.

Shunday qilib, biosfera - Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi.

Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil b o iib , uni

4 qismga ajratish mumkin:

1. Tirik moddalar.

2. Biogen moddalar.

3. Qattiq jismlar.

4. Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar.

Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‘indisi biosferaning tirik moddasini tashkil qiladi. O 'zining massasiga ko‘ra tirik modda biosferaning juda kichik tarkibiy qismi bo’lsa ham geologik davrlar mobaynida ularning faoliyati Yerning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

V.I.Vemandskiy Yerning paydo bo’lishidan ko‘p o’tmasdan unda hayot paydo bo’lgan va u sayyoramizning qiyofasini o ‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo'lgan deb ta'kidlaydi.

Biogen moddalar - tirik organizmlar faoliyatining mahsulotlaridir. Ularga neft, toshko'm ir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin.

Qattiq jismlar - tirik organizmlar faoliyatiga bog'liq bo'lmasdan tabiiy jarayonlar, masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo'lgan tog‘ jinslari.

Biogen va abiogen hosil bo'luvchi moddalarga tirik organizmlar ta’sirida ham da organik tabiat jarayonlari ta ’sirida hosil bo'ladigan tuproq misol bo'la oladi.

Shuningdek, biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar, tarqoq atomlar, meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham uchraydi.


Yüklə 23,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə