Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora tadbirlar ishlab chiqish



Yüklə 23,7 Kb.
səhifə4/6
tarix13.04.2022
ölçüsü23,7 Kb.
#85421
1   2   3   4   5   6
Biosfera

2. Uglerodning davriy aylanishi. Karbonat angidrid o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez jarayonida uglevodlarga, lipidlarga, oqsillarga va boshqa organik moddalarga aylanadir Bu moddalar hayvonlar tomonidan iste’mol qilinib. ularning nafas olish jarayonida yana karbonat angidrid gazi holatida atmosferaga ajratiladi.

O‘lik o‘simlik va hayvonlar, ularning chiqindilari mikroorganizmlar tomonidan parchalanib , minerallashadi. Minerallashishning oxirgi mahsuloti bo'lgan karbonat angidrid tuproqdan va suv havzalaridan atmosferaga ajratiladi.

Uglerodning bir qismi tuproqda organik moddalar sifatida saqlanib qoladi. Dengiz suvida uglerod ko'mir kislota va uning tuzlari, bo'r, ohaktosh, korallar sifatida to'plan adi, cho'kindi sifatida uzoq vaqt biogen migratsiyasida qatnashmaydi. Vaqt o'tishi bilan tog' hosil bo'lish jarayonlari natijasida bu cho'kindilar yana yuqoriga ko'tarilib, kimyoviy o'zgarishlar ta ’sirida davriy aylanishga qo'shiladi.

Uglerod atmosferaga avtomobillardan, ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari tarkibidan ham ajratiladi. Biosferada uglerod almashinishi natijasida insonning amaliyotida foydalaniladigan energiya resurslari - neft, toshko'mir, yoqilg'i gazlari, torf, yog'och hosil bo'ladi.

Ular kislorod yetishmaydigan sharoitda organik moddalarning minerallashmasdan qolishi natijasida hosil bo'ladi. Bu qazilma boyliklar zavod va fabrikalar, elektr stansiyalarining chiqindi tutunlari tarkibida, karbonat angidrid holatda yana atmosferaga qaytariladi.


Yüklə 23,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə