Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora tadbirlar ishlab chiqish



Yüklə 23,7 Kb.
səhifə5/6
tarix13.04.2022
ölçüsü23,7 Kb.
#85421
1   2   3   4   5   6
Biosfera

Azotning davriy aylanishi. Azot ham eng muhim elementlaridan biridir. U oqsillar va nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Azotning bir qismi atmosferadan yashin paytida azot va kislorod bilan birikib, azot oksidlari hosil qilishi natijasida o‘zlashtiriladi. Ammo azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik organizmlarning atmosfera tarkibidagi azotni fiksatsiyalashi natijasida o‘tadi.

Tuproqda yashaydigan azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar o‘lib, minerallashishi natijasida, ular tuproqni azot bilan boyitadi. Shuning natijasida har bir gektar tuproqda bir yil davomida 25 kg ga yaqin azot to'planadi. Eng samarali azot fiksatsiyalovchilar dukkakli o‘simliklar ildizida hayot kechiruvchi tuganak bakteriyalar va tuproqda erkin yashovchi azotobakterlar hisoblanadi.

Ildizlarda to‘plangan azot o ‘simliklaming yer usti qismlariga o'tib, oqsil biosinteziga sarflanadi va ildiz atrofidagi tuproqda to ‘planadi. Beda ekilgan bir gektar maydonga bir yilda 150—400 kg gacha azot to'planadi.

Suvda va nam tuproqda azotni ko‘k yashil suv o ‘tlari fiksatsiyalaydi.

Organizmlar o’lganidan keyin chirituvchi mikroorganizmlar ta’sirida oqsillar parchalanishi natijasida ammiak hosil bo’ladi (bu jarayon ammoniflkatsiya deyiladi), qisman o‘simliklar va bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi va nitratlarga aylantiriladi. Bu jarayon nitrifikatsiya deyiladi. Nitratlar ammoniy tuzlar kabi o'simliklar va mikroorganizmlar tomonidan iste’mol qilinadi. Nitratlarning bir qismi esa ayrim bakteriyalar tomonidan elementar azotgacha parchalanib, atmosferaga ajratiladi. Bu jarayon denitrifikatsiya deyiladi. Shu tarzda azotning tabiatda davriy aylanishi davom etaveradi.

Shunday qilib, biogen migratsiya jarayonida jonli (biotik) va jonsiz (abiotik) tabiatning o'zaro munosabati natijasida anorganik materiya tirik organizmlarga o 'tib , o'zgarib yana qaytadan abiotik holatga qaytarilaveradi. Bu davriy aylanish uzluksiz davom etaveradi.


Yüklə 23,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə