Biosfera va noosfera haqida ma’lumot



Yüklə 12,63 Kb.
tarix03.05.2018
ölçüsü12,63 Kb.

Aim.uz

Biosfera va noosfera haqida ma’lumot

“Biosfera” tushunchasi fanga avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan 1875 yilda kiritilgan. Ammo biosfera haqidagi ta’limot akad. V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan.

Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning 3,5 km gacha bo’lgan qatlamini, ya’ni hayot mavjud bo’lgan qatlamini o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, biosfera atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni, yer yuzasining okean, dengiz, ko’l va daryo suvlari bilan qoplangan qismi (gidrosfera)ni, hamda yer qobig’ining ustki qismi (litosfera)ni o’z ichiga oladi.

Biosfera – hayot, yashash sohasi, yerning hayotga makon bo’lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyidir. Gidrosfera va litosfera esa, go’yo moddalar va energiyalar aylanib turganidek, murakkab biokimyoviy sikllar bilan o’zaro bog’langandir.

Erning tirik organizmlari va biogen chiqindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akad. V.I.Vernadskiy biosfera deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig’i” hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuidir. Biosfera yerning faol qobig’i bo’lib, undagi tirik organizmlar faoliyati asosiy geokimyoviy omil sifatida hamda muhit hosil qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi. Biosfera tarkibiga tirik organizmlar va ularning yashash joylari kiradi. Biosferada organizmlar o’rtasida murakkab o’zaro aloqalar mavjud bo’lib, bir butun organik harakatidagi tizimni tashkil yetadi. Demak, biosfera murakkab harakatdagi tizim hisoblanadi. Biosferada moddalar almashinuvi natijasida energiyani qabul qilish, to’plash va o’tkazilishi kabi jarayonlar kechib turadi.

Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan edi. Tirik moddaning eng muhim xususiyatlari 3 ta bo’ladi:

1. Tirik moddaning umumiy vazni.

2. Tirik moddaning tarkibi.

3. Tirik moddaning energiyasi.

Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik modda hisoblanadi. Uning hosil bo’lishida biosferadagi barcha moddalar yig’indisi, shuningdek tirik organizmlar qatnashadi.

Biosferaning uchinchi tarkibiy qismi oraliq moddalar hisoblanadi. Ular tirik va o’lik moddalarning birgalikdagi faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Tuproq, yemirilgan tog’ jinslari va barcha tabiiy suvlar oraliq moddalarga misol bo’la oladi.

Biosferaning 4 chi tarkibiy qismi biogen moddalar hisoblanadi. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchrab turadi. Nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktoshlar va boshqalar biogen moddalarga misol bo’la oladi.

Biosferani oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeosenoz hisoblanadi. Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeosenoz deyiladi. Ushbu tushunchani birinchi marotaba V.L.Sukachev fanga kiritgan edi.

Agar bir necha tur o’simliklar birgalikda yashasa fitosenoz (o’simliklar jamoasi) deyiladi. Agar bir necha tur hayvonlar birgalikda yashasa zoosenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi.

Biogenozlar rang-barang bo’lib, iqlim va hududning tarixi va tabiatiga bog’liq holda vujudga kelgan. Masalan, tropik mintaqalaridagi o’rmonlarning biogeosenozlari ancha qashshoq bo’lgan Arktika tundralariga nisbatan ancha mahsuldordir. Okean tubidagi biogenozlar esa, dengiz va okeanlar sohillari yaqinidagi sayoz joylar biogenozlariga qaraganda sermahsul emas.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, populyasiya to’g’risidagi ta’limot asosida tabiatdagi ko’pgina murakkab va hayotiy jarayonlarni, ya’ni biogeosenozlarni o’rganishga imkoniyat yaratildi. Biogeosenozlarni o’rganishga biogeosenoligiya deyiladi.

Tabiatdagi biogeosenozning turli tarif komponentlari yashash jarayonida birlashib biologik borliq, ya’ni biogeosenozni tashkil yetadi. Biosenoz (lotincha so’z bo’lib, “bios”-hayot, “senoz”-umumiy degan ma’noni anglatadi) deyilganda, bir xil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushiniladi. Biosenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin.

Biosenoz barcha turdagi organizmlar populyasiyasining yig’indisi bo’lib, ma’lum bir geografik hududda hayot kechiradi. Bunday hududlar qo’shni hududlar yoki joylardan tuproq va suvlarning kimyoviy tarkibi, joyning past-balandligi, quyosh nurlari radiasiyasi va boshqa tabiiy ko’rsatgichlari bilan farq qiladi. Biosenozda yashaydigan nabotot va hayvonot turlari doimo o’zaro munosabatda bo’ladi. Biosenozning rivojlanish jarayoni odata nihoyat uzoq davom yetadi. Inson o’zining hayotiy ehtiyojlariga qarab biosenozni o’ziga ma’qul bo’lgan tomonga o’zgartirishi mumkin.

Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenoz)ning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Insoi eng kuchli tabiiy omil sifatida nafaqat sayyoramizni, balki koinotni ham o’zgartirib yubormoqda. Mana shu yerda mantiqiy savol tug’iladi:

1. Kelajakda inson va biosferaning rivojlanishi qanday bo’ladi?

2. Qanday qilib biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin?

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatning rivojlanish jarayonlarini to’xtatib bo’lmaydi. Lekin inson faoliyatining biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini cheklash yoki boshqarish mumkin. Agar biogen va geologik moddalarni aylanib turishi va ishlab chiqariladigan barcha energiya turlarini to’g’ri taqsimlab bilsak, biosferaning turg’unligini ta’minlash mumkin. Ya’ni, inson va biosferaning rivojlanishiga ta’sir etmagan bo’lamiz.



Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyusiyasi aql yoki tafakkurning rivojlanish bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi, Oxirgi yillarda biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda, “Noosfera” tushunchasini fransuz matematigi va faylasufi V.M.Rau fanga kiritgan edi. “Noos”-ong demakdir.

Noosfera – aql – idrok ta’siridagi makondir. Noosferaning lug’aviy ma’nosi “fikrlovchi qobiq” demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha, noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqichdir. Noosfera inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqalar va munosabatlarni o’z ichiga oladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə