Biotexnologiya asoslari


Organik erituvchilar yordamida cho’ktirish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   199
biotex

Organik erituvchilar yordamida cho’ktirish 
Fårmåntlàrni suvdà eruvchàn orgànik erituvchilàr bilàn cho’ktirish usullàri sànoàt miqyosidà 
kång ko’làmdà qo’llànilàdi. Oqsillàrni cho’ktirish sàmàràsi orgànik erituvchilàr tà’siridà suvning 
fàolligini kàmàyishi bilàn uzviy bog’liqdir. 
Erituvchining miqdori ortishi bilàn fårmåntning zàryadlàngàn gidrofil molåkulàlàrini suv 
tà’siridà solvàtlànish qobiliyati pàsàyadi. Oqsilning gidrofob qismidàgi suv molåkulàlàri orgànik 
erituvchi tomonigà o’tà boshlàydi và nàtijàdà fårmåntning eruvchànligi pàsàyadi. Oqibàtdà oqsil 
molåkulàlàri àgrågàtlànàdi và cho’kmàgà tushàdi. 
Oqsillàrni àgrågàtlànishi elåktrostàtik và Vàn-dår-Vààl’s kuchlàri tà’siridà, àlohidà joylàshgàn 
oqsil molåkulàlàri o’rtàsidà yuzàgà kålàdi. 
Oqsillàrni àgrågàtlànishi jàràyoni và cho’kmà hosil bo’lishi cho’ktirishning bir qànchà 
omillàrigà bog’liqdir. SHulàrdàn biri oqsil molåkulàsining o’lchàmidir. cho’ktirish jàràyonidà oqsil 
molåkulàsining o’lchàmi qànchàlik kàttà bo’lsà, erituvchining sàlbiy tà’sir qiluvchi miqdori 
shunchàlik pàst bo’làdi. Bu bog’liqlikkà molåkulàning gidrofoblik dàràjàsi,  solvàt qàvàtigà 
chidàmliligi và boshqà omillàr tà’sir qilishi mumkin. 
CHo’ktirish uchun ishlatiladigan organik erituvchi suv bilan to’liq aralashishi va ferment bilan 
esa aloqada bo’lmasligi kerak. Asosan bu jarayon uchun etil spirti,  aseton va izopropil spirti keng 
qo’llanilsa, metanol, n-propanol, dioksan,  2-metoksietanol  va  boshqa  spirtlar,  ketonlar, efirlar va 
ularning aralashmalari kamroq ishlatiladi. Erituvchilarni tanlashda ularning toksikligiga, portlash 
xavfidan xolisligiga va regenerasiya bo’lish qobiliyatiga e’tibor berish kerak. Ishlab chiqarish uchun 
etil spirti va izopropanol eng yaroqli bo’lib hisoblansa, asetonning ko’rsatkichlari esa sal pastroqdir. 
Bular orasida eng istiqbollisi izopropanoldir. Bu erituvchilar yordamida fermentlarni komplekslarga 


ajratish yoki fraksiyalar holida cho’ktirib olish mumkin. 
Ferment preparatlarini cho’ktirish uchun nafaqat erituvchining tabiati va miqdori,  balki 
elektrolitlarning ishtiroki, cho’ktirish harorati, muhit  rN ko’rsatkichi, quruq moddalarning tarkibi 
va miqdori kabi bir qancha omillarga e’tibor berish kerak.  
CHo’ktirish eritmasida ba’zi ionlarning uchrashi ferment mo’’tadilligiga ta’sir qilishi mumkin. 
Masalan, Ca
2q
 ionlari 
α
-amilaza, proteinaza, glyukoamilaza fermentlari faolligiga ijobiy ta’sir qilsa,  
magniy, marganes, kobalt kabi metal ionlari himoya vazifasini bajaradi.  
SHular bilan birgalikda ba’zi metallarning (Fe
2q
, Pb
2q
, Cu
2q
, Ag
2q
, Ni
2q
, Al
3q
, Hg
q
 va x.k.) 
ionlari salbiy ta’sir ko’rsatadi va ularning eritmada  bo’lishi maqsadga muvofiq emasdir.  Eritmada 
elektrolitlarning bo’lishi erituvchi sarfini kamaytirishga va cho’kma strukturasini yaxshilashga 
xizmat qiladi. 
Ferment eritmasi va erituvchining harorati ferment cho’ktirish jarayonida past  bo’lishiga  
harakat  qilish kerak.  Spirt va fermentning suvli eritmasi aralashtirilganda issiqlik ajralib chiqadi va 
aralashma harorati 5-10
0
S ga ko’tariladi. Agarda spirt oldindan sovutilgan bo’lmasa fermentlarning 
inaktivasiyasini kuzatish mumkin. Bu hodisa nafaqat termoinaktivasiyaga, hattoki ferment 
molekulasini denaturasiyagacha olib keladi. 
Ferment preparatlarini cho’ktirishda rN ko’rsatkichi juda katta ahamiyatga ega. Bir xil ferment 
eritmasidan har xil rN ko’rsatkichi ta’sirida bir-biridan cho’kmasi miqdori va ferment  faolligi  bilan  
farq  qiluvchi preparatlar olish  mumkin.  Ma’lumki  fermentlar o’zlarining izoelektrik nuqtalarida 
oqsil agregatlari hosil qilib to’liq cho’kmaga tushadilar. Oqsillarni izoelektrik nuqtalarida 
cho’ktiruvchi reagentlar ishlatmay cho’ktirish jarayoni izoelektirik cho’ktirish  deyiladi.   
Organik cho’ktiruvchilarni izoelektrik nuqta  rN iga yaqin rN da qo’llash fermentlarni oson 
cho’ktirish va erituvchini kam mikdorda sarflash uchun xizmat qiladi. rN ko’rsatkichi ieoelektrik 
nuqtadan chetga chiqsa, cho’kma unumi va ferment faolligi 30-50% gacha yo’qotiladi. 
Faol fermentni  preparat yoki mo’tadil strukturali cho’kma holida olish uchun eritmada 10-12% 
atrofida quruq modda miqdori bo’lishi kerak. Ko’p tadqiqotlardan ma’lumki, fermentlarni 
cho’ktirishda, ayniqsa proteolitik fermentlarni, quruq moddaning eng mo’tadil miqdori 10% bo’lishi 
kerak. 
YUqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan aloqada bo’lish 
muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to’xtovsiz ishlaydigan cho’ktiruvchilarda 
ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir,  bu albatta ferment faolligini kamayishini oldini 
oladi. 
Organik erituvchilar bilan cho’ktirish samaradorligi shu jarayonga mo’ljallangan uskunaga ham 
uzviy bog’liqdir.  Bunday uskunalar asosan  ferment eritmalarini qabul qilgich, to’xtovsiz 
aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini to’xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va 
avtomatizasiya tizimlaridan tuzilgan bo’ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi 
va erituvchi murakkab harakat yo’nalishi bo’ylab qisqa vaqt ichida aralashib o’tadi va natijada hosil 
bo’lgan aralashma separator qismiga uzatiladi. 
Separatorda cho’kmaga tushgan oqsil moddalari ajratib olinadi.  Bunday qurilmada ferment 
bilan erituvchining aloqa muddati o’n marotabagacha qisqartiriladi va  fermentning  cho’kmaga  
tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho’kma har xil usullar bilan mo’tadil 
sharoitda quritib olinadi. CHo’kma tepasida qolgan suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi 
ulushi bo’ladi va rektifikasiya bo’limida regenerasiya qilishga yuboriladi. 
Organik erituvchilar bilan cho’ktirish unumi produsent o’stirilgan oziqa muhiti tarkibiga va 
ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham bog’liqdir. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə