Biotexnologiya asoslari


Affinli (biospesifik) xramotografiya usuli



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199
biotex

 
Affinli (biospesifik) xramotografiya usuli 
Bu usul oqsil va fermentlarni tozalash va ajratishning  adsorbsiya hodisasiga asoslangan 
usullari ichida alohida o’rinni egallaydi. Ko’pincha uni affinli xromatografiya yoki bioaffinli, yoki 
biospesifik xromatografiya deyiladi. 
Ma’lumki barcha biologik faol birikmalar,  xususan fermentlar  ham ligandlar yoki affinli ligandlar 
deb nomlanadigan birikmalarga maxsus bog’lanish xususiyatlariga egadir. Agarda shunday ligandlarni 
inert matrisaga kovalent bog’lansa faqat kerakli  fermentni ushlovchi va qolgan oqsil va moddalarni 


o’tkazib yuboruvchi maxsus adsorbentni olish mumkin. 
Maxsus yuvuvchilardan  yoki jarayon sharoitlari farqi asosida ligandni fermentga bo’lgan 
xususiyatini o’zgartirish yo’li bilan oqsilni desorbsiyaga uchratib, tozalash natijasida bitta yuqori 
tozalikka ega bo’lgan fermentni olish mumkindir.  Lekin ligand va uni ushlab turuvchini tanlash 
juda qiyin vazifadir. Ko’pchilik hollarda affinli adsorbentlarni sintez qilishda tozalanayotgan 
fermentning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.  
Bu jarayon boshqa qiyinchiliklarga ham ega.  Masalan, sorbent yuqori spesifiklikka ega 
bo’lmay kerak bo’lmagan boshqa fermentlarni ham ushlab qolishi va natijada  fermentni bu 
murakkab kompleksdan ajratib olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. 
Affinli xromatografiya uchun har xil turdagi  erimaydigan  sorbentlardan  foydalaniladi,  lekin  
eng  ko’p tarqalgani ko’ndalang qilib ulangan agaroza donachalaridir. Ular yuqori bosimda o’z 
shaklini saqlaydi va buferlarni hamda erituvchilarni almashtirishga bardoshlidir. 
Ligandlarga bo’lgan talablar esa juda qattiqligi bilan ajralib turadi, ya’ni ular matrisaga shunday 
bog’langan bo’lishi kerakki, oqsillar hech qiyinchiliksiz ularga kelib bog’lanishi va buning uchun 
matrisa  bilan ligand o’rtasida ko’prikcha bo’lishi kerak. Bulardan tashqari ligand boshqa birikmalar 
bilan o’zaro bog’lanmasligi,  faqat  matrisaga  bog’langan va yuvish, regenerasiya  jarayonlariga  
chidamli  bo’lishi shartdir. 
Bu qo’yilgan shartlarning oddiy ro’yxati ham ushbu jarayonning murakkab va ko’p mehnat sarf 
qilinishidan darak beradi. SHunga qaramay bu usul bilan o’nlab fermentlar tozalangan, lekin ular 
hali ferment sanoatida keng tarqalmagan. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə