Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199
biotex

Gel xramotografiya usuli 
Preparativ enzimologiyada chidamli bo’lmagan fermentlarni «yumshoq» (past haroratli) 
sharoitlarda ajratishdan ko’p foydalaniladi, ya’ni bunda ferment butun tozalash jarayoni davomida 
eritma holida bo’ladi. Bu usullar orasida eng keng tarqalgani gelfiltrasiya, elektroforez, izoelektrik 
fokuslash va boshqalardir.  
Ferment preparatlari texnologiyasida eng katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgani - 
gelfiltrasiyadir. "Gelfiltrasiya" jumlasi ancha qo’polroq, lekin u ilmiy  adabiyotda juda keng 
tarqalgan. Bu  jarayonni amalga oshirish uchun destran asosida olingan gellardan foydalaniladi va 
ular yordamida o’lchamiga qarab har xil makromolekulalarni tez ajratish mumkin.  
Gel ochiq holdagi ko’ndalang tikilgan uch o’lchamli molekula turi bo’lib, kolonkalarni oson 
to’ldirish uchun yumaloq donachalar (granula) ko’rinishida bo’ladi. Donachalarda kichik 
teshikchalari bo’lib ularga faqat juda kichik molekulali birikmalar kirib, yirik molekulalar esa 
kirmaydi. Bu usul gellarning aynan ana shu xususiyatiga asoslangandir. 
Bu usul  fermentlarni  tozalash  va ajratishda nafaqat laboratoriya, balki sanoat miqyosida ham 
qo’llaniladi. Gelfiltrasiya  uchun ko’ndalang tikilgan dekstran (sefadekslar va sefakrillar) gellaridan, 
ko’ndalang tikilgan poliakrilamid gellaridan (biogellar), akrilamid polimer zanjiri yopishtirilgan 
agaroza  gellardan (ultragellar) va boshqa qattiq ko’ndalang tikilgan (
CL
-sefarozalar va 
S
-
sefakrillar) agaroza gellardan foydalaniladi. Kolonkada ferment eritmasining bir qismi gel 
donachalar orasida va bir qismi esa donachalarning teshikchalari ichida joylashadi.  
Gelfiltrasiya - bu tarqaluvchan xromatografiyaning bir shakli bo’lib, eritilgan moddalar 
eritmaning bir  muncha yuzada joylashgan harakatchan va ichki tomonida joylashgan kam harakatli 
qismlarida tarqalgan bo’ladi. Kolonkada eritilgan moddaning ushlab qolinish darajasi uning gel 
teshikchalariga kira olish qobiliyatiga bog’liqdir.  SHuningdek, gelfiltrasiya jarayonida kolonkadan  
avval yuqori molekulali  moddalar va keyin esa kichik molekulalilari birin-ketin chiqa boshlaydi
bunda gel molekulyar to’r vazifasini bajaradi. Bu jarayon mukammal ravishda olib borilishi uchun, 
gel tayyorlangan material erigan birikmalar ta’siriga juda ham inert bo’lishi kerak.  
Afsuski bugungi kunda ishlatilayotgan barcha gellar inert emas va ba’zan ma’lum rN 
ko’rsatkichida ular so’rish qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. Masalan, shunday gellarga 
sefakrillarni  kiritish  mumkin.  Gelfiltrasiya usuli bilan mayda gel donachalarida yuqori bosim 
ostida juda ko’p har xil moddalarning, shu jumladan oqsillarning  aralashmalari ajratilmoqda.  Bu 
yangi yuqori bosim ostida suyuq xromatografiya uslubi qisqa vaqt ichida yuqori darajali ajratish 


imkonini  beradi va u fermentlarni tozalashning oxirgi bosqichlarida juda ham unumlidir. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə