Biotexnologiya asoslari


Adsorbsion immobillizasiya qilish usullari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   199
biotex

Adsorbsion immobillizasiya qilish usullari 
Adsorbsiya qilish yo’li bilan immobilizasiya qilish eng sodda usullardan bo’lib, ferment 
eritmasini "tashuvchi" bilan aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. YOpishmasdan fermentni 
yuvib tashlagach, immobilizasiya qilingan ferment ishlatilishga tayyor bo’ladi. Adsorbsion 
immobilizasiya qilingan fermentlarni olish uchun quyidagi uslubiy ko’rsatmalardan foydalanadi. 
Statistik usul eng oson yo’l bo’lib "tashuvchi" ferment eritmasiga tashlanib (solinib) hosil 
bo’lgan aralashma, ma’lum vaqtga tashlab qo’yiladi. Immobilizasiya fermentni o’z o’zidan 
diffuziyasi tufayli boshlanib, adsorbsiya bilan tugallanadi. Bu usulni kamchiligi, ferment eritmasi 
bilan "tashuvchi" aralashmasi uzoq vaqt (bir necha kunga) tashlab qo’yilishi lozim. Laboratoriya 
sharoitida ko’proq aralashtirish usuli ishlatiladi. Bu usulda statistik usuldan farqli o’laroq ferment 
eritmasi bilan "tashuvchi" doimiy ravishda aralashtirib turiladi.  
Aralashtirish uchun magnit aralashtirgich, mexanik aralashtirgich yoki mikrobiologik 
tebratgichdan foydalanish mumkin. Bu usul oldingisidan ancha ustun turib "tashuvchi" satxida 
fermentni bir tekis joylanishini belgilab beradi. Ba’zida adsorbsion immobilizasiya qilish uchun 
elektrocho’ktirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun ferment eritmasiga ikkita elektrod 
tushiriladi, ulardan bittasini satxida bir qatlam "tashuvchi"  surtilgan bo’ladi. Elektrodlar tokka 
ulanganda ferment satxidagi faol guruhlar (-NH
2
; -COOH va  x.k.) hisobidan "tashuvchi" 
saqlanayotgan elektrod tomonidan harakat qiladi va uni satxida cho’kadi.    
Texnologiyada foydalanish uchun eng qulay usul - kolonkalardan o’tkazish usulidir.  
Bu usulni ikki modifikasiyasi bor, ulardan biridan "tashuvchi" to’ldirilgan kolonkadan tepadan 
pastga qarab, mikronasoslar yordamida ferment eritmasi haydaladi, ikinchisida esa teskarisi, 
ferment pastdan tepaga qarab yo’naltiradi. Bu usulni afzallik tomoni, fermentni haydash, yuvish, va 
keyingi fermentativ jarayonlar, hech qanday manipulyasiyasiz bir kolonkani o’zida olib boriladi.  
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə