Biotexnologiya asoslari


Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   199
biotex

Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar 
Adsorbsiya o’tish jarayoni va ferment bilan "tashuvchi" orasidagi bog’ni mustaxkamligi, 
ko’pchilik hollarda immobilizasiya qilish sharoitiga bog’liq bo’ladi.  
Ferment adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: tashuvchini g’ovakligi va 
sirtini faolligidir.  
Tashuvchini sorbsiya qilish  hajmi uning sirtini faolligiga  to’g’ri proporsional oqsil yoki 
fermentga kelganda bu qonuniyat faqatgina tashuvchini g’ovakligi oqsil molekulasidan anchagina 
katta bo’lgandagina o’z kuchini saklaydi. Tashuvchini g’ovakligi juda kichik bo’lganda,  fermentlar 
g’ovaklarga sig’masalar, fermentlar uchun tashuvchilar satxining ma’lum bir qismigina foydali 
bo’ladi xolos.  
Bunday paytlarda tashuvchining sorbsiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’ladi, boshqacha 
qilib aytganda, g’ovaklar qancha kichik bo’lsa, tashuvchining  adsorbsiya qilish imkoniyatlari 
shuncha  kam bo’ladi. G’ovaklarni mo’tadil hajmini hisoblashni birinchilardan bo’lib buni 1976 
yilda R.Messing taklif etgan.  
U shisha va sopol materiallardan tashuvchi sifatida foydalana turib, ularni g’ovaklarini 
kattaligini (hajmini) o’lchab chiqdi va g’ovaklarni kattaligi ferment bo’yidan taxminan 2 marotaba 
katta bo’lgan hollarda tashuvchini adsorbsion imkoniyatlari maksimum bo’lishini tajribalardan 
isbotlab berdi.  
Bunday holda substratni molekulyar o’lchami fermentdan ancha kichik bo’lmog’i va sorbsiya 
qilingan ferment g’ovaklariga bemalol kirib turishlari lozim, albatta.  
Substrat molekulasining hajmi fermentnikidan katta bo’lgan hollarda tashuvchining g’ovakligi 
substrat molekulasi bilan belgilanadi. Ba’zi bir hollarda substratni o’zi tashuvchi vazifasini bajarishi 
ham mumkin. Masalan, sellyulaza fermentini immobilizasiya qilish uchun uning substrati bo’lgan 
sellyulozadan keng foydalaniladi.  
 
rN belgilari 
Reaksiya muhiti immobilizasiya qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa sorbsiya, 
elektrostatik o’zaro ta’sir yordamida amalga oshirilgan holatlarda.  
Bunga asosiy sabab rN o’zgarishi bilan oqsil yoki tashuvchining sorbsiya uchun javobgar 
bo’lgan ionogen guruhlarni ionizasiyasi o’zgaradi. Ionalmashuv xossalariga ega bo’lmagan 
tashuvchilardan foydalanganda, sorbsiya oqsil yoki fermentni izoelektrik nuqtasida amalga oshirilsa 
yaxshi natija  beradi.  
Ammo bu qonuniyatni chetlab o’tish hollari ham uchrab turadi. Masalan, albuminni lateksga 
sorbsiya bo’lishini har xil rN da  o’rganib chiqilganda bu jarayonni rN ga aloqadorligi W simon 
bo’lganligi, ko’mirda adsorbsiya qilinganda esa mo’tadil rN 3 dan 6 gacha  o’zgarishi, bu o’zgarish 
ko’mirni tabiatiga bog’liqligi isbotlangan. 
 
Ion kuchi 
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’lanishni kuchiga ta’sir ko’rsatuvchi omildir.  Tuzlarni 
yuqori  miqdorda tashuvchi sirtidan elektrostatik yo’l bilan bog’langan fermentni siqib chiqaradi.  
Boshqacha qilib aytganda, ion kuchini oshishi bilan fermentni desorbsiyasi oshib boradi. Ba’zi 
hollarda bunga aksincha ta’sir ham uchrab turadi, buni oqsilni "tuzlanishi" deb ataladi. 
 



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə