Biotexnologiya asoslari


-chizma. Protoplastlarning qo’shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   199
biotex

3-chizma. Protoplastlarning qo’shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish 
mexanizmi 
 
 
 
 
4-chizma. Plazmida DNK si va bakteriya hujayrasidan foydalanib, genni klonlash 
chizmasi
 
 
 


Vektor gen bilan ligaza fermenti yordamida birikkandan keyin rekombinant DNK hosil 
bo’ladi. Keyin, bu birikma (vektor gen) mikroorganizm hujayrasiga yuboriladi (transformasiya) va 
u erda amplifikasiya (ko’payish) amalga oshadi. 
Natijada bir genning bir necha nusxasi – klon paydo bo’ladi. SHuning uchun ham bu yo’lni 
klonlash deb ataladi. 
Agar klonlash maqsadida hamma genlar saqlovchi odam DNK si ishlatilsa, odamning gen 
kutubxonasi (klonoteka) hosil bo’ladi. 
Bu usulda bakteriyalarga klonlashtirilgan inson, hayvon  yoki o’simliklar genlari to’g’ridan-
to’g’ri bakteriyada faoliyat ko’rsata olmaydi. 
Ishlash uchun esa, ularni bakteriyadan ajratish, bakteriya genini boshqaruvchisi (regulyatori) 
bilan jihozlash va qaytadan bakteriyaga kiritish zarur. 
Bugungi kunda har xil genlar saqlovchi va kerakli maxsulot sintez qiluvchi bir qator transgen 
bakteriyalar yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda.  
SHu sababli ham tabiiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar (birinchi avlod 
maxsulotlari) bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar (ikkinchi avlod 
maxsulotlari)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Biologik maxsulotlarni 
uchunchi avlodi – tabiiy oqsillarning vazifalarini to’liq bajara oladigan, ammo tabiiy bo’lmagan 
maxsulotlarni sintez qilish natijasida paydo bo’ladi. 
Gen–muxandisligi usullari (rekombinant DNK texnologiyasi) tibbiyot uchun zarur bo’lgan, 
qimmatbaho oqsil moddalari  ishlab chiqarish yoki ko’p tonnalik oqsil moddalari ishlab chiqarish 
jarayonlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Eng avvalo inson organizmida sintez bo’ladigan va 
dorivor modda sifatida ishlatiladigan oqsil va peptidlarni sintez qilishni yo’lga qo’yish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Gen muxandisligi muammolari bilan shug’ilanadigan omillarni asosiy vazifalaridan biri ham 
shunday birikmalarni etarlicha sintez qila oladigan bakteriyalar shtammlarini yaratishga 
bag’ishlangan. Bu jarayonni asosiy qiyinchiliklari, shtamm yaratish bilan bog’liq emas, balki, 
yaratilgan shtammda sintez qilingan oqsil moddalarini kerakli me’yorda ushlab turish, ularni 
modifikasiyaga uchrab, mikroorganizm hujayrasida parchalanib ketmasligi uchun sharoit yaratish 
bilan ham uzviy bog’liqdir. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə