Biotexnologiya asoslari


Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   199
biotex

Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari 
Afzalligi Kamchiligi 
Sorbentning arzonligi 
Ferment va tashuvchi orasidagi bog’ni 
mustaxkam emasligi 
Eksperimentlarni osonligi 
Umumiy yagona yo’riqnomani yo’qligi 
Bir vaqtni o’zida fermentni tozalash 
mumkinligi 
 
 
 
Gel ichiga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish 
 
Bu  usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to’qilgan polimer 
zanjirlaridan iborat bo’lgan gel hosil qiluvchi  uchlamchi elaklarga o’rnatiladi. Zanjir bog’lari 
orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik bo’lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va 
polimerdan chiqib  keta olmaydi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni mustaxkamligini 
oshiruvchi omil rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo’lgan vodorod bog’lari ham 
o’ynashi mumkin.  


Polimer zanjirlari orasidagi bo’shliq suv bilan  to’ldirilgan bo’ladi. Masalan, akril kislotasi 
hosilalari asosida paydo bo’lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha suv bo’lishi 
mumkin. 
Fermentlarni gelda immobilizasiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment monomer 
eritmasida eritiladi so’ngra polimerizasiya qilinadi. Bunday eritmaga ko’pchilik hollarda 
bifunksional agentlar ham qo’shiladi.  
Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar  ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni polimerizasiya 
qilish asosida olinadigan immobilizasiyalangan fermentlar.  
Gelga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish usuli o’zining soddaligi bilan ajralib turadi. Bu 
usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformasiyada (sferik zarrachalar va x.k.) olish va 
fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin. 
Ko’pchilik polimer gellar o’zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan ajralib 
turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul 
universal  usul bo’lib nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va  
hujayra fragmentlarini   immobilizasiya qilish uchun ham to’g’ri keladi. Bu usulni ijobiy 
tomonlaridan  yana biri - uni fermentga mo’tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat bu usulda 
immobilizasiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qo’rqmaydi  chunki, ferment 
molekulasidan katta bo’lgan bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar. 
Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni diffuziyasigi 
xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi  past bo’lishi mumkin. SHunday ekan, substrat 
sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə