Biotexnologiya asoslari


Yarim o’tkazgich membranalar yordamida immobilizasiya qilish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   199
biotex

Yarim o’tkazgich membranalar yordamida immobilizasiya qilish 
Bu usul kichik molekulali substratni suvdagi eritmasi, katta molekulaga ega bo’lgan ferment 
eritmasidan yarim o’tkazgich membrana yordamida ajralib turishiga asoslangan. YArim o’tkazgich 
membrana substratni oson o’tkazadi, ferment esa membranadan o’ta olmaydi. Bu usulni  har xil 
modifikasiyasi, yarim o’tkazgich membranalarni olish va ularni tabiati asosida yaratilgandir. 
Mikrokapsulalash - usuli birinchi bo’lib, 1964 yilda T.CHang tomonidan yaratilgan. Bu usul - 
fermentni suvdagi eritmasini mikrokapsulalar ichiga joylashtirishdan iborat. Mayda teshikli polimer 
plyonkalardan tashkil topgan kichik koptokchalar ichidagi fermentlarni tashqariga chiqishi belgilab 
qo’yilgan. Kapsulalarni olish usuliga qarab, ularni o’lchami hal xil bo’ladi (10 dan 100 
mikrometrgacha).  
Mikrokapsulalar olishning ikki usuli mavjud bo’lib, birinchisida fermentni suvdagi  eritmasi 
PAV (sirt faol moddalar) saqlovchi dietilefiri bilan kuchli aralashtirish natijasida dispers holatga 
o’tkaziladi. PAV - bu erda emulgator vazifasini bajaradi. Hosil bo’lgan emulsiyaga, to’xtatmasdan 
polimerning efirdagi eritmasi qo’shib  boriladi.  
Polimer (nitrat sellyuloza), suvda erimasligi sababli emulsiyaga tekkan joyda yupqa 
membrana mikrokapsula hosil qiladi. Tayyor bo’lgan mikrokapsula sentrifuga yordamida yoki 
filtrlash yo’li bilan ajratib olinadi. 
Mikrokapsula hosil qilishning ikkinchi yo’li - ikki moddaning fazalararo  polikondensasiya 
qilishiga asoslangan. Moddalardan biri suvning mayda emulsiyalarida ikkinchisi esa organik fazada 
erigan bo’ladi. Ko’p  tarqalganlardan biri poliamid mikrokapsulasi.  
Bu mikrokapsula 1,6-geksametilendiamin (suv fazasi) va sebasin kislotasining xlor gidridi 
(organik faza) asosida olinadi. Bu usul faqatgina yuqori rN ga chidamli bo’lgan (diamin eritmasi) 
fermentlar uchun ishlatilishi mumkin. Mikrokapsula hosil qilish uchun ishlatiladigan ferment 
eritmasi 10% atrofida inert oqsil moddasi (gemoglobin) saqlashi lozim. Bu oqsil kapsula ichida 
kerakli bosim bo’lishini hamda fermentni mo’tadilligini ta’minlaydi. Fermentni mo’tadilligini 
oshirishi uchun glutaraldegid bilan ishlov beradi, ba’zida esa adsorbsiya yoki gelga kiritish yo’li 
bilan immobilizasiya qilinadi. 
Ba’zi holatlarda immobilizasiya qilish uchun molekulalari kovalent bog’langan oqsillardan 
tashkil topgan membranalardan ham foydalaniladi. 



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə