Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199
biotex

1.
 
DNK,  RNK va oqsil molekulalarining biosintezi. 
 
DNK replikasiyasi. 
Tirik organizmda oldindan mavjud qolip asosida yangi DNK  molekulasining yaratilishi 
nuklein kislotalarining sintezlanish yo’lidir. Mavjud DNK molekulasidan nusxa olish replikasiya 
deb ataladi.  
Replikasiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari 
yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga 
bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib 
turiladi.  DNK-polimeraza  III  fermenti  DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNKning bitta zanjirini 
to’la sintez qilish  qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga qarab borishi 
tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza fermentlari 
yordamida amalga oshadi.  
Praymaza (revertaza) fermenti yordamida DNK ning ikkinchi zanjiri sintezi uchun praymer 
sintez  qilinadi va DNK-polimeraza III fermenti yordamida praymer nukleotidlar ketma-ketligidan 
DNK sintezi boshlanadi va DNK-polimeraza I fermenti  yordamida bu nukleotidlar ketma-ketligi 
bir oz uzaytiriladi. Ko’plab hosil bo’lgan DNK fragmentlari DNK-ligaza  fermenti yordamida 
ulanadi. Bu jarayon DNK ning ikkinchi zanjiri to’la sintez bo’lguncha davom etadi. YAngi DNK 
zanjiri tayyor DNKning nusxasiga, matrisasiga qarab tuziladi. Bu  jarayonda matrisa vazifasini 
DNK qo’sh zanjirining bir ipi bajaradi.  
RNK sintezi jarayoni transkripsiya deb ataladi. Har uchala tipdagi RNK sintezi turli tipdagi 
RNK-polimraza (RNK-polimeraza I,II,III) fermentlari yordamida amalga oshiriladi. pRNK sintezi 
RNK-polimeraza I fermenti, iRNK RNK-polimeraza II fermenti va tRNK hamda kichik  o’lchamli 
yadro RNK si molekulalari RNK-polimeraza III fermenti yordamida amalga oshiriladi. Hamma 
RNK  molekulalari sintezi uchun DNK ning bitta ipi matrisa vazifasini o’taydi.  
Oqsil sintezi ribosomalarda o’tadi.  Ribosoma hujayra metabolizmi uchun zarur bo’lgan 
oqsillar sintezini DNK dan olingan informasiya asosida kodlash mexanizmiga muvofiq amalga 
oshiradi (1-rasm) . 
 
 
DNK zanjiridan olingan iRNK nukleotidlar tartibi shaklidagi informasiya ribosoma yordamida 
oqsil molekulasidagi aminokislotalar tartibiga ko’chiriladi. Oqsil sintezi jarayoni translyasiya 
(tarjima qilish) deb ataladi. Nuklein kislotalarda har bir aminokislotalarni taniydigan va tanlab 
biriktirib olib tashishda vositachiliq qiladigan birin-ketin uchta nukleotidlar kombinasiyasi 


mavjudki,  bu o’z navbatida aminokislota kodi, oqsil kodi, kodon, keng ma’noda genetik kod deb 
yuritiladi.  
Oqsil molekulasiga kiradigan aminokislotalar 20 ta bo’lganligidan kodonlar soni ham 20 dan 
kam bo’lishi mumkin emas. Bunda hosil bo’ladigan kombinasiyalar soni 64-4
3
, kodlanadigan 
aminokislotalar sonidan ancha ko’p, lekin ma’lum bo’ldiki 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan 
ortiq 2, 3, 4, va 6 kodon bilan kodlana olar ekan. Bundan tashqari, uchta kodon UAA, UAG, UGS 
aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjirining  tugaganidan darak beradi, ular 
terminatorlar «tugatuvchilar» deb ataladi. Poliribosomalarda oqsil sintezi iRNKning 5' oxiridan 
boshlanib 3' oxirida tugaydi. Oqsil sintezi tugagach iRNK ribosomadan ajralib chiqadi va ribosoma 
ikkita subparchalarga dissosiasiyalanadi.  
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə