Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   199
biotex

Ekish materialini olish 
 
Dastlabki kultura probirkadan olinib yangi ozuqa muhiti solingan uchta probirkalarga ekib 
olinadi. Probirkada o’sgan kulturalar 500 ml sig’imli kolbalarga, undan 10 l sig’imli butillarga va 
nihoyat ulardan kultivatorga olib ekiladi. Ekish materiali miqdori bijg’itish uskunasi hajmining 30% 
idan kam bo’lmasligi lozim. Birinchi ikki bosqich solod suslosidan tayyorlangan ozuqa muhitida
uchinchi bosqich suslo va ishlab chiqarish uchun tayyorlangan o’stirish ozuqalari aralashmasidan 
(1:1), oxirgi bosqich esa faqat ishlab chiqarish uchun tayyorlangan ozuqada amalga oshiriladi. 
O’stirish harorati 48-50
0
S bo’lib, o’stirish davomiylgi har bir bosqichda 20-24 soat davom 
etadi. Ozuqa qo’shimcha sifatida steril bo’r saqlashi va steril bo’lishi lozim. 
Asosan zavodlarda toza kultura ishlab chiqarish jarayoni oldidan tayyorlanadi. Keyinchalik 
ekish materiali sifatida bijg’itish ustunadan olingan kultural suyuqlikdan foydalaniladi. 
Sut kislotali bijg’ish silindr ko’rinishdagi, sferik tubli, sig’imi  25-45 m
3
 bo’lgan, alyuminiy 
yoki zanglamaydigan po’latdn tayyorlangan, issiq suvning sirkulyasiyasi amalga oshadigan uskuna 
bilan ta’minlangan qurilmalarda (changlarda) amalga oshiriladi. Ozuqa muhiti bevosida bijg’ish 
qurilmasida tayyorlanadi. Melassa va rafinad qiyomi qurilmaga o’zi oqib tushuvchi truba orqali 
beriladi, shakar – manbasi esa dastlab suvda eritiladi va keyin bijg’ish qurilmasiga quyiladi. Bo’rli 
sut alohida idishda tayyorlanadi. 


qurilmaning ishchi sig’imi 
2
/
3
 hajmda suv bilan to’ldirilib, unda melassa va rafinad qiyomi 
eritiladi va eritmada shakar miqdori 3-4% gacha bo’lgunga qadar olib boriladi. Eritma 70
0
S gacha 
bo’lgan haroratda qizdirilib, mana shu haroratda 1 soat davomida pasterilizasiya qilinadi. So’ngra 
eritma 48-50
0
S gacha sovutilib, unga 15% solod quyqasi (rostkov) (solingan shakar massasiga) va 
qurilma sig’imining 20% hajmi barovarida ekish materiali solinadi. 
O’stirishdan 6 soatdan so’ng ozuqa muhiti havoda davriy barbotirlash orqali aralashtiriladi. 
qachonki, eritmada sut kislota hisobiga kislotalik 0,5-0,6% ni tashkil etsa, har 1,5-2 soatda ko’p 
bo’lmagan miqdorda bo’rli sut qo’shiladi. Sut kislotasi neytralizasiyasi natijasida kalsiy laktat hosil 
qiladi. 
Mo’’tadil bijg’ish jarayonida sir sutkada 2% gacha shakar o’zlashtiriladi. SHakar miqdori 
kamayganda bijg’ish qurimasiga bir nechta usullarda shakar sirkaning 50% li eritmasi (rafinad 
qiyomi saqlashi mumkin) qo’shiladi. Ozuqaning 3-4% li shakar miqdori saqlashi ta’minlanadi. 
Bunda shunday miqdordagi shakar qo’shiladiki, bijg’ish oxirida kultural suyuqlikning kalsiy 
laktat saqlashi 15% dan, o’zlashtiilmagan shakar saqlashi esa 0,2-0,5% dan ko’p bo’lmasligi lozim. 
Bijg’ish 6-8 kun davom ettiriladi. 
Bijg’ish jarayoni tugagach, kultural suyuqlik bijg’ish uskunasida 70-80
0
S gacha qizdiriladi va 
kuchsiz ishqoriy reaksiyagacha ohakli sutda neytralizasiyalanadi. 
 
 
20-rasm. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə