Biotexnologiya asoslari


Go’ngdan biokonversiya qilish orqali biogaz ishlab chiqarishda dunyo



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199
biotex

Go’ngdan biokonversiya qilish orqali biogaz ishlab chiqarishda dunyo 
tajribalari 
 
Biomassadan energiya manbai sifatida foydalanishga qiziqish eng avvalo, biomassani har 
yili qaytadan paydo bo’lishi; biogazda yig’ilgan energiyani saqlanishi va uzoq muddat davomida 
hoxlagan holatda ishlatilishi mumkinligi; bu energiyani boshqa turdagi energiyaga o’tkaza olish 
mumkinligi; ba’zi mintaqalarda esa issiqlikni bu manbai,tabiiy issiqlik manbalaridan arzonroq 
turishi; biogazni ekalogik toza issiqlik manbai bo’lganligi; undan foydalanganda atrof-muhitga 
oltingugurtni zaharli oksidlari paydo bo’lmasligi; atmosferadagi karbonat angidridi balansi 
o’zgarmasligi va boshqa qator sabablar bilan uzviy bog’liqdir. 
YUqorida ta’kidlab o’tilganidek, biogaz ishlab chiqarishni tannarxi biogaz qurilmasi, 
muayyan firmada paydo bo’ladigan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasining bir qismi 
sifatida qabul qilingan, bu jarayonda biogazdan tashqari qimmatbaho, samarador biologik o’g’it 


hosil bo’lishi va boshqa bir qator ijobiy tomonlarni hisobga olinganda bu biotexnologiyaning 
istiqbollari namoyon bo’ladi. 
Nima uchun AqSHda go’ngdan biogaz tayyorlashga alohida e’tibor beriladi?, chunki, 
birinchidan energetika nuqtai-nazaridan, ikkinchidan- barcha chorvachilik fermalarida har yili 
paydo bo’ladigan chiqindilarni biogazga aylantirilishini iqtisodiy ma’qul bo’lgan qismini 
yarmiga yaqini yirik chorvachilik komplekslarida, (yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va 
parranda boquvchi komplekslarda) to’planishidir. 
Germaniyani chorvachiligida har yili 200 mln.t. shu jumladan, 70 mln.t. suyuq holatda 
go’ng to’planadi. Bu mamlakatda qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan maydonlarni 
chegaralanganligi, atrof-muhit muhofazasi talablarini tobora oshib borishi, mutaxassislar oldiga
chiqindilardan samaraliroq foydalanish yo’llarini izlab topishdek muammoni ko’ndalang 
qo’ygan. Olim va mutaxassislarni hisob-kitobiga qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi 
go’ng biogaz qurulmalarida qayta ishlanganda energiyaga bo’lgan umummilliy talablarni 4% ga 
teng bo’lgan miqdorda energiya olish mumkin bo’lar ekan. 
Buyuk Britaniyada mamlakatni tabiiy gazga bo’lgan talabini 3,2% biogaz orqali qondirilar 
ekan. Umumiy yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va parrandalar go’nggini qayta ishlanganda 
har yili 2,3 mln.t. neftga ekvivalent bo’lgangaz ishlab chiqarish mumkin ekan. 
YAponiyani qishloq xo’jaligida har yili 56,5 mln.t. go’ng oqavalari hosil bo’ladi. Bu 
miqdordagi go’ngni to’lig’icha qayta ishlanganda, 1,7 mlrd.m
3
 gaz yoki 1 mln. tonna neft o’rnini 
bosa oladigan energiya to’planar ekan. Bu mamlakatda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni 
jadal rivojlantirish dasturi asosida faoliyat olib borilib, bu texnologiyaga alohida e’tibor 
berilmoqda. 
Rossiyada ham biogaz ishlab chiqarish bo’yicha katta potensial mavjud. Har yili 
chorvachilik fermalarida 665 mln. t go’ng hosil bo’ladi, buni har bir tonnasidan anaerob 
sharoitda bijg’itish orqali issiqlik chiqarishi 5600-6300 Kkal/m
3
ga teng bo’lgan 15-20 m
3
 biogaz 
ishlab chiqarish mumkin. 
Hindistonni energetika siyosatini asosiy prinsiplaridan biri- qishloq rayonlarida biogaz 
ishlab chiqarishdir. Bu sohaga oid fundamental va amaliy izlanishlar ko’proq Hindiston 
texnologiya institutining biokimyoviy muhandislik markazida olib boriladi. Bu mamlakat 
olimlarining fikricha har yili to’planadigan 300 mln.t qoramol go’ngini biogazga aylantirilganda, 
33 mln.t neft energiyasiga teng bo’lgan energiya to’plash mumkin (0,11 t. neft energiyasi 1 tonna 
go’ngdan olinadigan energiyaga teng). Bugungi kunda Hindistonda 1 mlndan ko’proq kichik 
biogaz ishlab chiqaradigan qurulmalar (daydjestrlar) ishlab turibdi. 
Bu texnologiya Xitoyda juda ham rivojlangan. Bu mamlakatda 200 mln.dan ko’proq 
qurilmalar ishlaydi. SHunisi e’tiborga sazovorki, mamlakatda daydjestrlardan foydalanishni 
nazorat qilish organlari tashkil etilgan. Alohida yashovchi har bir oilada daydjestrlar o’rnatilgan, 
ayniqsa shahar joylardan uzoq joylarda, chorvachilik va parrandachilik fermalarida, kichik ishlab 
chiqarish korxonalarida va hokazo. Biogaz tayyorlash texnologiyasi Fillipinda, Gvatemaleda, 
Isroilda keng tarqalgan. 
Doimiy (to’xtovsiz) metanizasiya jarayoni chorva mollari va parrandalari chiqindilaridan 
tashqari, organik modda saqlovchi xilma-xil chiqindilarda ham amalga oshirilsa bo’ladi. 
O’zbekistonda har yili 4 mln tonnaga yaqin g’o’zapoya,shuncha somon, 150 ming tonna sholi 
poyasi, million tonnalab har-xil boshqa chiqindilar (kanalizasiya, ishlab-chiqarish, chorvachilik 
va parrandachilik axlatlari va xokazo) to’planadi. 
Mana shularni biogazga aylantirilganda qanchalik iqtisodiy samara olishni hisoblab chiqish 
qiyin emas. Ko’plab miqdordagi mablag’ sarflab, temir quvurlar tortib, uzoq qishloqlarga gaz 
o’tkazgandan ko’ra, biogaz tayyorlashni yo’lga qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Afsuski, 
hozircha bu biotexnologiya e’tibordan chetda qolib turibdi. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə