Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   199
biotex

BIOENERGOTEXNOLOGIYA 
 
Er yuzidagi o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayoni yordamida yaratiladigan 
energiya zahirasini tabiiy qazib olinadigan energiya zahirasi bilan taqqoslab ko’ramiz. 


quruq biomassaning yonishi natijasida hosil bo’ladigan energiya miqdoriga qaraganda, shu 
biomassani mikroorganizmlar yordamida qayta ishlash oqibatida to’planadigan uglevodorodlar 
va biogaz (metan) dan olinadigan energiya ancha samarador ekanligi barchaga ayon.  
Metanli “bijg’ish”, yoki biometanogenez, - ya’ni biomassani energiyaga aylanishi 
anchagina ko’hna jarayondir. Bu jarayon 1776 yil Volt tomonidan ochilgan bo’lib, u botqoqdan 
chiqadigan gaz tarkibida metan bor ekanligini kuzatgan edi. Bu jarayon natijasida hosil 
bo’ladigan biogaz tarkibi 65% metan, 30% karbonat angidrid, 1% serovadorod va juda kam 
miqdorda  kislorod, vodorod va uglerod zakisidan ( ikki valentli uglerod oksidi) tashkil topadi. 
 SHunday qilib, metanli bijg’ish XVIII asrning oxirlarida ochilgan bo’lib, ushbu 
murakkab jarayonda bir qancha  mikroorganizmlarning turlari ishtirok etadilar (ko’proq, 
Methanobacterium va M.hungati).   Biogaz  olishda metan hosil qiluvchi ko’p komponentli 
mikroblar assosiasiyasi talab qiladigan organik mahsulotlar aralashmasidan (somon, qushlar va 
hayvonlar iqindilari, suvo’tlari, sellyuloza saqlovchi biomassalar va h.k) foydalaniladi.  
Biogaz allaqachon Xitoy, Hindiston va Fillipinda Fransiyada va boshqa mamlakatlarda 
keng ishlab chiqarilmoqda. Metan faqatgina energiya ishlab chiqarish uchungina zarur emas. 
Uning olinishi sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilarini qayta ishlash va atrof muhit 
muammolarini hal qilish bilan ham uzviy bog’liqdir. Hattoki, chiqindilardan metan olish 
natijasida hosil bo’ladigan kuldan Isroillik olimlar V
12 
vitaminini ajratib olishni ham yo’lga 
qo’yganlar.  
Tibbiyot uchun zarur bo’lgan bu vitamin metan hosil qiluvchi bakteriyalar tomonidan 
sintez qilinadi. 
Biomassani energiyaga aylantirishni boshqa yo’llari ham ma’lum. Ulardan biri biomassa 
tarkibidagi sellyulozani dastlab glyukozagacha parchalaydigan keyin esa uni spirtga aylantira 
oladigan fermentlar va achitqilar yordamida amalga oshiriladi. Bugungi kunda bu jarayon sanoat 
asosida yo’lga qo’yilgan. Gen va hujayra  muxandisligi usullaridan foydalanib, sellyulozani 
yuqori tezlikda parchalovchi fermentlar sintez qiladigan zamburug’larni mutant shtammlari 
yaratilgan. Biroq bunda katta muammo mavjud bo’lib, Gen muxandisligi usulida yaratilgan 
yuqori darajada sellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar atrof muhitga nazoratsiz tarqalganda 
tabiatdagi o’simliklar olamiga hamda sellyuloza maxsulotlari saqlovchi maxsulotlarga katta zarar 
etkazishi mumkinligini e’tiborga olmoq zarur. 
Etanol
 -  ekologik toza yoqilg’idir. Undan keyingi yillarda dvigatellarning harakatga 
keltiruvchi ichki yonilg’isida ham foydalanilmoqda. Etanolning qo’llanilish yo’llari xilma-xildir 
( 1 - rasm).  
Sanoatda bir qator o’simliklardan, jumladan boshoqli o’simliklar (xususuan, 
makkajo’xori), kartoshka, maniok, eryong’oq, qand lavlagi, shakar kamish, tapinambur va 
boshqalar etanol olish uchun samarali manba sifatida foydalanilib kelinmoqda ( 1 - jadval).  
SHakar qamish va qand lavlagisi asosan uglevodorodlar, ko’proq saxaroza zahirasi hisoblansa, 
tapinamburda ko’proq inulin qolganlarida esa kraxmal ko’proq to’planadi. 
 


1-rasm 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə