Biotexnologiya asoslari


quyosh energiyasidan foydalanish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199
biotex

quyosh energiyasidan foydalanish 
 
Bir qator “toza” va “mukammal” quyosh energiyasidan foydalanish sxemasi 2.7-rasmda 
keltirilgan.  
quyosh energiyasidan  foydalanish ekologik raqobatbardosh texnologiyalardan eng 
istiqbollisi desak xato bo’lmaydi. Ayni paytgacha quyosh energiyasi spektridan elektr toki hosil 
qiluvchi, anorganik kristallarga asoslangan yarimo’tkazgich fotobakteriyalar yaratilgan.  
Aytish mumkinki, asosiy vazifa o’z echimini topgan. Keyingi qilinadigan asosiy vazifa - 
rentabelli tizim qurishning texnologik echimini topish bilan bog’liq.  
Ushbu vazifani hal qilishda tabiatda mavjud bo’lgan fotobakteriyalar va yashil o’simliklar 
fotosintezining birqator mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Tadqiqotchilar e’tibori fotosintez 
mexanizmlaridan foydalanib, sun’iy fotosistema qurishga qaratildi. 
Bunday sistemalardan foydalanib quyosh nuri kvantlar energiyasidan kimyoviy energiya 
potensialida, o’simliklar fotosintezining maksimal energiyasiga qaraganda ko’proq energiya 
hosil qilish mumkin. 
Sun’iy fotosistemalar qurishda fotoreseptorlar sifatida: 
1.
 
Xlorofil va boshqa pigmentlar
2.
 
Pigment saqlovchi izolasiyalangan hujayraviy strukturalar; 
3.
 
Hujayradan ajratilgan fermentli tizimlardan foydalaniladi.                                                                     
 
Har qanday energiya almashtiruvchi tizim uchta asosiy blok saqlaydi: 
1. zaryad bo’linishi uchun fotokimyoviy tizim
2. elektronlarni fermentga tashuvchi mediatorlar; 
3. mobilizasiyalangan elektron yoki “chidamli fotomahsulotlar olish uchun “teshikcha” 
(poralar) quyosh nurlari kvantlar energiyasi zahirasidan foydalanish qobiliyatiga ega 
fermentli tizim. 
 
Fotokimyoviy faol mahsulotlar hosil qilishni (faol oksidlash va qaytarilish) ajratish uchun 
sun’iy membrana yaratish istiqbolli hisoblanadi. qator laboratoriyalarda - energiya nuri zahirasini 
saqlovchi turli xil potensialllar hosil qiluvchi elektronlar va inert elektrod bilan o’zaro 
ta’sirlashuvchi “teshik” to’playdigan xlorofil va boshqa pigmentlar qo’llaniladigan fotoelektrik 
jarayonlar o’rganiladi. 
Laboratoriya sharoitida doimiy ravishda fotosintezlash imkoniyatiga ega bo’lgan tizim 
yuqori ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu - yuqori samarali fotosintez bilan 
xarakterlanuvchi mikrobiologik sistemaga ta’luqlidir.  
Ilmiy adabiyotlarda quyoshdan keladigan energiyasi kuchidan qariyib 18 % gachasi mikrob 
kulturalar tomonidan qayta hosil bo’lishi haqida ma’lumotlar mavjud. 
SHunday qilib, yaratilgan fotosintezlovchi biotexnologik tizim, quyoshdagi amaliy 
vazifalarni echimini topishiga ishonch hosil qilish mumkin, buning : 
¾
 
Er yuziga tushadigan butun quyosh nurining 30% igacha foydalanish qobiliyatiga ega 
bo’lgan uzluksiz fotobiokimyoviy tizimni yaratish;
 
¾
 
Gen muxandisligi usullari yordamida maqsadga yo’naltirilgan qimmatli birikmalar: 
uglevodorodlar, oqsillar lipidlar va boshqa biologik faol mahsulotlar sintezlovchi 
fotobiotexnik tizim yaratish;

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə