Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik olish imkonini beradi .
Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni
bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik
jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik
regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in
vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini
aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir.
O’simliklardan ajratib olingan to’qimlarni o’stirishga xarakat ancha uzoqlardan ma’lum. Bu
metodni rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkin: