VI-bosqich (1960 – 1975 yillar). Bu davrni eng muhim voqeasi Nottingen universiteti professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo’l bilan pomidorini ildizi va mevasidan protoplastlar olinishi va ularni nazorat qilinib turilgan sharoitda o’stirilganligi bo’lgan. Keyinroq shu laboratoriyada Pauer o’zini shogirdlari bilan protoplastlarni sun’iy qo’shilish sharoitlarini yaratishgan. Bu esa, somotik gibridlar yaratishda yangi yo’l bo’lib xizmat qilgan. O’sha davrda yaratilgan yana bir usul – bu o’simliklarni in vitro sharoitida meristin kulturalar ishlatib mikro ko’paytirishdir. Dastlab bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan orxidey o’simligini sog’lom ko’chatini olish maqsadida yaratilgan. ¾