Biotexnologiya asoslari


O’SIMLIKLARDAN AJRATIB OLINGAN HUJAYRA VA TO’qIMALARINI



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   199
biotex

 
2. O’SIMLIKLARDAN AJRATIB OLINGAN HUJAYRA VA TO’qIMALARINI 
O’STIRISH TEXNIKASI 
 
Ajratib olingan to’qimalar bilan ishlashni asosiy sharti – sterillikga qat’iy rioya qilishdir. 
Tarkibi boy bo’lgan ozuqa muhiti mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun ham juda yaxshi substrat 
hisoblanadi, o’simliklardan ajratib olingan fragmentlar (eksplantlar) ozuqa muhiti bilan 
aralashtirilganda mikroorganizmlar ta’siriga tez uchraydilar. SHuning uchun ham ekslantni ham, 
ozuqa muhitini ham sterilizasiya qilish kerak. Ajratilgan hujayralar va to’qimalar bilan qilinadigan 
barcha nozik ishlar (manipulyasiya) aseptik sharoitda (laminar-bokslarda) sterillangan uskunalar 
yordamida bajariladi. Ajratilgan to’qimalarni o’stirish davrida ham sterillikni saqlash kerak, ayniqsa 
xarorat va namlik o’zgarganda, chunki probirkalarni paxta-bintdan tayyorlangan tiqinchalari 
namlanadi va undan mikroorganizmlar oson o’tishadi. 
Eksplantni sterilizasiyasi, shuningdek urug’lar ham 5-20 minut davomida sterilizasiya 
qiluvchi eritmada ushlab turish, keyin esa steril suv bilan yuvib tashlash orqali amalga oshiriladi. 
Sterilizasiya davri eksplantni xarakteriga hamda eritmani sterilizasiya qilish xususiyatiga bog’liq. 
Odatda urug’ 10-20 min, vegetativ qismlar esa 5-10 min. davomida sterilizasiya qilinadi. 
Sterilizasiya qiluvchi eritmalarga misollar 3.1- jadvalda ko’rsatilgan. 
Eksplant olinmoqchi bo’lgan o’simlik organi, dastlab sovunli suv bilan shetkalar yordamida 
yaxshilab yuviladi va distillangan suv bilan chayib tashlanadi, keyin esa bir necha sekund davomida 
70 % li etanolga botirib olinadi. Urug’lar spirtda 1-2 min. ushlab turiladi. To’qimalarga spirt bilan 
ishlov berish, uni sterilizasiya qilish xossasidan tashqari, asosiy sterilizasiya qiluvchi eritmani 
ta’sirini kuchaytirishi bilan ham bog’liq. 
3.1-jadval. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə