Biotexnologiya asoslari


Dastlabki o’simlik materiallarini sterilizasiya qilish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   199
biotex

Dastlabki o’simlik materiallarini sterilizasiya qilish 
(R.G.Butenka, 1990 yil) 
Manba 
Sterilizasiya vaqti, min 
0,1% li diasid 
0,1% li 
kumush 
xlorid 
(AgCl
2

5-9 % li gipoxloritlar 
(Na, Ca) 
10-12% li 
vodorod 
peroksidi 
(H
2
O
2

Urug’lar 
quruq 15-2 
10-15 
15-20 
12-15 
namlangan 6-10 
6-8 
10-15 
6-8 
To’qimalar  
sutli ildiz, ildizmeva  
20-3 
15-25 
15-20 

daraxtlangan poya 
20-4 
20-25 
20-25 

barglar  
1-3 
1-3 
3-6 
3-5 
apekslar 1-10 
1-7 
3-15 
2-7 
 
 
Sterilizasiya keyin o’simlik ob’ektlari sterillangan suv bilan tozalab yuvib tashlanishi kerak. 
Sirtqi sterilizasiya eksplantni faqat tashqi infeksiyadan ozod qiladi. Agar eksplant to’qimalari ichki 
infeksiyaga ega bo’lsalar, ularga antibiotiklar bilan ishlov berishga to’g’ri keladi. Ayniqsa ichki 
infeksiyaga yirik tomirli tropik va substropik o’simliklar boy bo’lishadi. Kulturalarni zamburug’lar 
yoki bakteriyalar bilan ifloslanishi ekilgandan 1-14 kun o’tganda ko’zga tashlanadi. YOrug’lik 
xonasidagi havoni ifloslanishdan saqlash uchun, ifloslangan kulturani darhol yo’qotish kerak. 
 Ozuqa mhitlarini avtoklvda, 120
0
S da 0.75 – 1,0 atm. bosimda 20 minut davomida 
sterilizasiya qilinadi. Agar ozuqa muhiti tarkibiga yuqori xaroratda parchalanadigan moddalar kirsa, 
ularni alohida sovuq sterilizasiya qilindi. Ularni teshiklar diametri 0,22 – 0,45 mkm, bo’lgan 
bakterial filtrlardan o’tkaziladi va avtoklavdan chiqqan ozuqa muhitini 40
0
 S gacha sovutib, keyin 


ularni aralashtiriladi. Oldindan folgacha yoki o’raydigan qog’ozga o’ralgan idishlarni quruq issiq 
bilan, quritgich shkaflarida 160
0
S da ikki soat davomida sterilizasiya qilinadi. 
 
Ozuqa muhiti 
 
  Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni o’stirish uchun mo’ljallangan ozuqa muhitlari, 
o’simliklarni yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha makroelementlar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, 
magniy, oltingugurt va boshqalar) va mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden va 
boshqalar) hamda vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularni sintetik analoglarini saqlashi 
kerak. Ba’zi ozuqa muhitlari aminokislotalar, kazsin gidrolizoti, EDTA (etilendiamintetrasirka 
kislota) yoki uni natriyli tuzi (bu tuz temirni hujayra kirishiga yordam beradi) va boshqa kerakli 
moddalar saqlaydi. 
Kallus to’qima olish uchun, alohida hollarda oziqa muhitiga kokos yong’og’ini (kakos suti), 
kashtan daraxtini endospermasini qo’shiladi. Karbon suvlar ozuqa uchun eng kerakli 
kompopenentlar hisoblanadi. Bunga sabab, ko’p hollarda ajratib olingan hujayra va to’qimalarni 
avtotrof oziqlanishga qurblari etmaydi. Karbon suv sifatida ko’proq 2-3 % li saxaroza yoki 
glyukoza eritmasidan foydalaniladi. 
Fitogormonlar hujayralarni tabaqalanishi (dedifferensirovki) va hujayra bo’linishini 
kuchaytirish (induksiya) uchun kerak. SHuning uchun ham kallusli to’qimalar olish uchun 
mo’ljallangan ozuqa muhiti tarkibida albatta auksinlar (hujayra bo’linishini kuchaytiruvchi) bo’lishi 
shart. Poya morfogenezini induksiya qilganda muhit tarkibidagi auksinlar miqdorini kamaytirish 
yoki butunlay olib tashlash mumkin. 
Gormon saqlamaydigan ozuqa muhitida shish va «o’rgangan» to’qimalar o’sadi. Har ikki 
guruh gormonlariga yoki ulardan birortasiga avtonomlik, bu hujayralarnio’zlarini gormon 
sintezqilish xususiyati bilan bog’liq. 
Auksin manbai sifatida ozuqa muhitiga 2,4-dixlorfenoksi sirka kislota (2,4-D), indolil–3–sirka 
kislota (IUK), L–naftil sirka kislota (NUK) qo’shiladi. YAxshi o’suvchi kallus olish uchun ko’proq 
2,4–D dan foydalaniladi, chunki IUK, 2,4–D ga nisbatan 30 marotaba kuchsizdir. 
Sun’iy ozuqa muhitiga qo’shish uchun, sitokinin manbai sifatida, kinetin, 6-benzilaminopurin 
(6-BAP) va zeatin ishlatiladi. 6–BAP va zeatin ajrtilgan to’qimalarni o’sishiga orgonogenezni 
induksiyasiga kinetinga nisbatan faolroq ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi bir ozuqa muhitlar tarkibiga adenin 
ham qo’shiladi. 
Hozirgi paytda juda ko’p sonli ozuqa muhitlarni tarkibi  aniq bo’lsada, ajratib olingan 
o’simlik to’qimalarini 
in vitro
 sharoitida o’stirish uchun T.Murasiga va F.Skuga muhitlari 
ishlatiladi. Bu muhitni tarkibi birinchi marorta 1962 yilda e’lon qilingan va u juda yaxshi 
balanslangan ozuqa moddalari tarkibiga ega va boshqalardan ammoniyli va nitratli azotni nisbati 
bilan farq qiladi (3.2-jadval). 
 
3.2-jadval.  

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə