Biotexnologiya asoslari


KALLUSLI TO’QIMALARDA MORFOGENEZ



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199
biotex

7. KALLUSLI TO’QIMALARDA MORFOGENEZ 
 
3.3-rasm.  
M
akkajo’xorining yagona hujayralari va 
ajratilgan protoplastlarini o’stirishda «enaga» 
sifatida suspenzion hujayralar kulturasini 
ishlatilishi:
 
1–hujayra koloniyalari;  
2–filtr qo`oz;  
3-alyumin elak; 
4–penopoliuretan;  
5–hujayra suspenziyasi  
(Vu Do’k Kuang, Z.B. SHamina,1985). 
 


Hujayra rivojlanishini tabaqasizlangandan keyin o’tadigan bir necha yo’li ma’lum. Birinchi 
yo’l – bu butun o’simlikni qayta regenerasiyasi, balkim, hujayra, to’qima, organlar darajasida 
tabaqalanish. Ikkinchi yo’l hujayrani qayta tabaqalanish xususiyatini yo’qolishi va o’simlikni 
regenerasiyasi, mustahkam tabaqasizlanish, gormonsiz muhitda o’sish xususiyati, ya’ni shishga 
aylanish. Bunday xossalar eski (qari) ko’chat kulturalarga xos. Uchinchi yo’l – kallusli hujayrani 
normal rivojlanish sikli, uni qarib, nobud bo’lishi bilan tugaydi. Bu holatda hujayra ikkilamchi 
tabaqalanishga uchraydi va bo’linishdan to’xtaydi (o’sishni stasionar fazasi). Ammo bunday 
tabaqalanish morfogenezga olib kelmaydi va unda qarigan kallus hujayralari xossalarini 
mustahkamlaydi. 
qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi uchun eng qiziqarlisi butun o’simlikni alohida hujayrasidan 
olingan to’qima kulturasini regenerasiyasi hisoblanadi. Ba’zida bu yo’l alohida organlar hosil 
bo’lish orqali o’tadi. 
Kallusli to’qimalar kulturasida morfogenez deb hujayralarni tashkil bo’lmagan massasidan 
to’laqonli strukturalar hosil bo’lishiga aytiladi. Morfogenezni ikki asosiy yo’li ma’lum (3.4 -rasm). 
To’qimalar kulturasini u organogenez sifatida (monopolyar tuzilishini hosil bo’lishi, ya’ni 
alohida organlarni) ko’rinish mumkin: ildiz, poya, kamroq feoral (gulli) yoki bargli hamda somatik 
embriogenez, ko’rinishida (somatik hujayralardan biftolyar zarodish kurtaksimon tuzilmalar 
holatida) ko’rinishi mumkin. Organogenezda dastlab alohida organlar regenerasiya bo’ladi, keyin 
esa ulardan butun o’simlik paydo bo’ladi. Ildiz organogenezi bundan mustasno. Somatik 
embriogenez natijasida organogenezdan farqli o’laroq, ildiz meristemsi hamda tepa qavat 
meristemalariga ega bo’lgan kurtak hosil bo’ladi va undan keyinroq butun o’simlik o’sib chiqadi. 
Alohida olingan somatik hujayralarni o’z rivojlanish dasturini to’liq bajara olishi va butun 
o’simlik organizmi o’sib chiqishi uchun asos yaratib berish xususiyati, o’simlik hujayrasini 
totipotentligi deb ataladi. O’simlikni har qanday hujayrasi bir xil potensial imkoniyatlrga ega, 
chunki barcha kerakli genlar to’plamiga ega, demak, hujayra zigotaga xos bo’lgan rivojlanish 
dasturiga ega. SHuning uchun ham agar gul bargi hujayrasidan yoki poyani o’zaksimon parenxima 
yoki har qanday hujayra to’qimalardan kallus olinganda umuman hujayrani har qanday 
to’qimasidan butun o’simlik olish mumkin. Ammo, totipotentlik xossalari hamma vaqt ham 
namoyon bo’lavermaydi, chunki har xil tipdagi xujaylarni potensial imkoniyatlari bir xil namoyon 
bo’lavermaydi. Ulardan ba’zi birlarida genlar kuchli repressiya holatida bo’ladilar va shu sababli 
ham totipotentlikni namoyon bo’lishi chegaralangan bo’ladi. 
 
 


 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə