Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199
biotex

In vitro
 sharoitida o’simliklarni apikal meristemalarini 
ko’paytirish texnikasi o’z hissasini qo’shgan. Odatda olimlar birlamchi eksplant sifatida o’tchil 
o’simliklarni ustki meristemalaridan foydalanadilar, va ozuqa  muhiti tarkibini o’simlikni 
regenerasiya va paydo bo’lish jarayonlariga ta’sirini o’rganadilar. Xuddi shu maqsadda chinnigul
xrizantema, kungaboqar, no’xat, makkajo’xoriqoqio’t va boshqa o’ismliklar o’rganib chiqilgan edi.  
J.Morel o’z tajribalarida xuddi shunday qilib, simbidium (orxideyalar oilasiga mansub 
o’simlik)ni uchki qismini ishlatgan. U o’sib kelayotgan konussimon ko’rinishdagi va ikki-uch barg 
oldi elementlaridan iborat bo’lgan va undan ma’lum sharoitda qubbali, yumaloq-prokariotlar paydo 
bo’lishini kuzatgan edi.  
Hosil bo’lgan (etilgan) protokormlarni bo’lish va keyin alohida mustaqil ravishda yangi 
tayyorlangan ozuqa muhitida barg va ildiz paydo bo’lguncha o’stirish mumkin bo’lgan edi.  
Natijada u, bu jarayon chegarasiz ekanligini va yuqori sifatli genetik bir xil, virussiz ekish 
materialini juda ham ko’p miqdorda tayyorlash mumkinligini kuzatgan edi.  
Rossiyada klonal mikroko’paytirish professor R.G.Butenko nomi bilan bog’liq. 
K.A.Temiryazev nomidagi o’simliklar fiziologiyasi institutida bu olima o’z shogirdlari bilan, 
kartoshka, qand lavlagi, chinnigul va boshqa gullarni klonal ko’paytirish sharoitlarini ishlab 
chiqqan. 
Mamlakatimizda bu usul ilmiy laboratoriyalarda sinab ko’rilmoqda. Xususan, Toshkent 
Davlat agrar universiteti biotexnologiya kafedrasi ilmiy laboratoriyasida kartoshkani klonal 


mikroko’paytirish usullari orqali  kasalliklarga, issiqqa, sho’rlanishga chidamli navlarini yaratish 
bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.  
SHuni ham eslatib o’tish o’rinliki, mikroko’paytirishdan foydalanish doirasi juda keng bo’lib, 
kundan kunga yanada oshib bormoqda.  Eng avvalo bu 
in vitro
 sharoitida o’simliklarni yog’ochli 
turlarini, ayniqsa, ingibitorlar va bu usulni yo’qolib ketayotgan o’simliklar hamda dorivor 
o’simliklarni ko’paytirish uchun ishlatilganda katta samara beradi. 
YOg’ochli (daraxtlarni) o’simliklarni to’qima kulturasi bo’yicha birinchi ilmiy ishlar 1920 
yillarda chop etilgan bo’lib, fransuz olimi Gotre nomi bilan bog’liq. Bu maqolalarda tilog’och 
daraxti kambial to’qimalarini  

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə