Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   199
biotex

 
(3.8-rasm).
  
 
Klonal mikroko’paytirishni ko’p usullari ma’lum. Ko’plab mualliflar eksplantlarni o’stirishga 
sharoitni morfogenez jarayoniga ta’sirini o’rgana borib, o’stirish sharoitini o’zgarishiga har xil 
mofogenetik reaksiya bo’lishini kuzatganlar, bu esa klonal mikroko’paytirish metodlarini yangi 
klassifikasiyasini yaratishiga olib keldi.
 
Ilmiy adabiyotlardan ma’lum bo’lgan, o’simliklarni mikroko’pytirish uslublari asosida, bu 
jarayonni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin:  
 
¾
 
o’simlikda bor bo’lgan meristemalarni rivojlanishini jadallashtirish (poya apeksi, 
poyani kurtaklari); 
¾
 
eksplantlar to’qimalarida to’g’ridan - to’g’ri adventiv kurtaklar hosil bo’lishini 
induksiya qilish; 


¾
 
somatik embriogenezni induksiya qilish; 
¾
 
birlamchi va ko’chat oluvchi kallusli to’qimalarda adventiv kurtaklarni 
tabaqalashtirish. 
 
O’simliklarni klonal mikroko’paytirishda ishlatiladigan asosiy usul – bu o’simliklarda bor 
bo’lgan meristemalarni rivojlanishini faollashtirish bo’lib, u apikal ustivorlikni (dominirovaniya) 
olib tashlashga asoslangan (3.9-rasm).  
Bunga ikki yo’l bilan erishish mumkin:  
¾
 
poyani tepa meristemasini olib tashlash va keyin navdani in vitro sharoitida gormon 
saqlamagan muhitda mikroqalamchalash;  
¾
 
ozuqa muhitiga sitokinin ta’siriga ega bo’lgan moddalar qo’shish (navdani o’sishini 
kuchaytirish).  
 
Odatda, sitokinin sifatida – 6–benzilaminopurin (BAP), 6–furfurilaminopurin (kinetin), 
hamda 2-izopenteniladenin (2ip) va zeatin ishlatiladi.  
SHunday yo’l bilan olingan navdalarni birlamchi ona eksplantidan ajratiladi va qaytadan 
yangi tayyorlangan ozuqa muhitida o’stiriladi. Hozirgi vaqtda bu usul qishloq xo’jalik 
o’simliklarini virussiz ekuv materiallarini tayyorlashda keng qo’llaniladi. SHu yo’l bilan qand 
lavlagi, tamaki, xmel, topinambur, pomidori, kartoshka, bodring, qalampir, oshqovoq va boshqa 
o’simliklarni sog’lomlashtirilgan ko’chatlarini tayyorlash yo’lga qo’yilgan. 
 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə