Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   199
biotex

 
 
 
 
 
Er tuti (zemlyanika) o’simligini apikalli meristemalarini o’stirishga asoslangan klonal 
mikroko’paytirish texnologiyasi ham yaxshi yo’lga qo’yilgan (3.12-rasm.). 
3.10-rasm.  
O’simliklarni 
in vitro
 sharoitida bor bo’lgan 
meristemalarni o’sishini faollashtirish usuli: 
 
a – 
staxis;
 b – 
anor
; v – 
kartoshka

3.11-rasm.  
O’simliklarni adventiv kurtakni induksiya qilish orqali 
ko’paytirish: 
a- bu`doy; b- orxideya; v- sosna. 


 
 
Yosh va virus bilan kasallanmagan, sog’lom o’simlikni yuqori meristemasini ajratib olib, uni 
Murasiga va Skugani modifikasiya qilingan oziqa muhitida o’stiriladi. Ozuqa muhiti 0,1-0,5 mg/l 6- 
benzilaminopurin (BAP) saqlashi kerak. 3-4 xafta o’tgandan keyin meristema maysaga aylanadi va 
uni asosida adventiv kurtaklar hosil bo’la boshlaydi, hamda tez rivojlanib. Yangi kurtak soldilar. 6-
8 hafta mobaynida kurtaklarni tartibsiz yig’indisi (konglamerati) hosil bo’ladi. Bu kurtaklar 
rivojlanishni har xil bosqichida bo’lib, bir-birlari bilan bog’lovchi to’qimlar orqali bog’langan 
bo’ladi. Kalta qalamchalardan barglar paydo bo’ladi, ularni tagida esa yangi adventiv kurtaklar 
chiqa boshlaydi.  
Mana shu kurtaklarni ajratib olib yangi ozuqa muhitiga ekiladi. Sitokinin saqlagan muhitda 
novdalarni proliferasiyasi (ko’payish orqali yangi hujayra va to’qimalarni hosil bo’lishi) davom 
etadi, gormon saqlamagan muhitda esa 4-6 hafta davomida normal holatdagi, ildiz va bargli 
o’simlik hosil bo’ladi. Eksplantni morfogenetik faolligi 3-4 yil mobaynida saqlanadi. SHunday 
qilib, bitta o’simlikdan bir yilda bir necha million regenerant o’simlik etishtirish mumukin. 
Tabiiyki, izlanuvchilarni adventiv kurtaklarni kelib chiqishi, xususan meristemani 
tabaqalanishida qaysi bir hujayra qavati ishtiroq etishi qiziqtiradi. Hozircha bu masalada bir xil fikr 
yo’q. Masalan, Tran Tan Van o’zini tamaki to’qimalaribilan olib borgan ishlarida eng faol to’qima 
epiderma ekanligini, undan oziqa muhiti tarkibidagi gormon balansiga qarab, kurtak, kallus yoki 
ildiz chiqishligini ko’rsatib bergan.  
 
 
Shuningdek, adventiv kurtaklar meristematik hujayralarni yuqori qatlamidan pydo bo’lishi 
ham ko’rsatib o’tilgan. Sosna daraxti misolida adventiv kurtakni kurtakni urug’pallasini va 
subepidermal qavatlarida paydo bo’lishi kuzatilgan va bu jarayon sosna uchun ishlatiladigan 
sitokininlarga bog’liq emasligi ko’rsatib o’tilgan (3.13-rasm). 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə