Biotexnologiya asoslari


Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   199
biotex

Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish 
 
 
Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, 
yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning ochilish tarixi 
Shotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq. 
Ilmiy adabiyotlarga antibiotik atamasi 1942 yil Vasxman tomonidan kiritilgan. Bu atama 
ma’lum bir mukammallikga ega (so’zma-so’z tarjimasi - “hayotga qarshi” degani) bo’lmasa ham 
faqat ilmiy leksikongagina mustaxkam kirib olmasdan, kundalik gapimizda ham ishlatilib 
kelmoqda. 
Antibiotiklar - organizmlar hayot faoliyatining maxsus maxsuloti yoki ularning 
modifikasiyasi, ayrim mikroorganizmlarga (bakteriyalar, zamburug’lar, suv o’tlariga, sodda 
hayvonlarga) viruslarga va boshqalarga nisbatan yuqori fiziologik faollikka ega bo’lgan, ularni 
o’sishini to’xtatadigan yoki taraqqiyotini butunlay yo’qotadigan moddalardir. 
Organizmlar modda almashinuvida hosil bo’ladigan bu maxsulotning spesifikligi shundan 
iboratki, birinchidan, antibiotiklar boshqa moddalardan masalan, spirtlardan, organik kislotalardan 
va ayrim boshqa mikroorganizmlarni o’sishini to’xtata oladigan moddalardan farqi o’laroq yuqori 
biologik faollikka ega bo’lgan moddalardir. Masalan, grammusbat bakteriyalar (mikrokokklar, 
streptokokklar, diplokokklar va boshqalar) o’sishini to’xtatish uchun eritromisin antibiotikasini 
minimal miqdorisi 0,01-0,25 mkg/ml miqdorda talab qilinadi. Albatta, bunday o’ta past miqdoridagi 
spirt yoki organik kislotalar bakteriyalarga hech qanday zarar keltiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. 
Ikkinchidan, antibiotik moddalar tanlangan biologik ta’sirga ega. Bu degani anitibiotik bilan 
aloqada bo’lgan organizmlarni hammasi ham uning ta’siriga sezgir bo’lavermaydi. SHu sababli 
mikroorganizmlar ikki guruhga bo’linadi: ma’lum antibiotiklarga sezgir va unga rezistent 
(chidamli). 
Ayrim antibiotiklar uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi turlarni o’sishini to’xtatadi, boshqalari 
esa ko’p tur mikroorganizmlarning taraqqiyotini chegaralaydi. Antibiotiklarni shu mohiyatidan 
kelib chiqqan holda ular ikki guruhga bo’linadi: tor spektr ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar va keng 
spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar.  
Birinchi guruhga benzilpenisillin (U penisillini), novobiosin, grizeofulfin va boshqa 
antibiotiklar mansub bo’lsa,  
Ikkinchi guruh antibiotiklarga, ta’sir spektri keng bo’lgan: tetrasiklinlar, xloromfenikol, 
trixotesin va boshqalar kiradi. 
Hozirgi vaqtda 6000 ga yaqin antibiotiklar mavjudligi yozilgan. Eng ko’p miqdordagi 
antibiotiklarni (3000 dan ortiq) aktinomisetlar hosil qiladi. Aktinomisetlar sintez qiladigan yangi 
antibiotiklarni ro’yxati davom etmoqda.  
Antibiotiklar - turli xil sinflarga mansub kimyoviy birikmalarning vakillari -ancha oddiy 
asiklik birikmalardan birmuncha murakkab tarkibli polipeptidlar va aktinomisinlar tipidagi 
moddalardir. 
Antibiotik moddalar kimyoviy tuzilishining xilma-xilligi tufayli biologik ta’sirning turli xil 
mexanizmiga ega, shunga asosan ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 


 
Modda almashinish jarayonida raqobatli ta’sirga ega bo’lgan  antibiotiklar (puromeosin, D-
sikloserin, aktitiazoviya kislota). 
 
Hujayra qobig’i sintezini to’xtatuvchi antibiotiklar (penisillinlar, basirosin, vankomisin, 
sefalosporinlar). 
 
Membranalar funksiyasini buzuvchi antibiotiklar (polienlar, valinomisin, gramisidinlar, 
trixomisin va boshqalar). 
 
Nuklein kislotalar sintezini (almashinuvini) to’xtatuvchi antibiotiklar: 

 
RNK sintezini to’xtatuvchilar (anzomisinlar, grizlofulvin, kanamisin, neomisin, novobiosin, 
olivomisin va boshqalar); 

 
DNK sintezini to’xtatuvchilar (aksinomisin D, aktinomisin S), bruneomisin, mitomisinlar, 
novobiosin, sarkomisin va boshqalar). 
 
Azot asoslari purinlar va pirimidinlarni sintezini  
  to’xtatuvchilar  (azoserin, dekoinin, sarkomisin va boshqalar). 
6.Oqsilni sintezini to’xtatuvchi antibiotiklar (basirosin,  
  aminoglikozidlar, metimisin, geterosiklinlar,  
 xloromfenikol, makrolizlar va boshqalar). 
 
Nafas olishni to’xtatuvchi antibiotiklar (oligomisinlar, potulin,  piosianin va boshqalar). 
 
Fosforlanishni to’xtatuvchi antibiotiklar (valinomisin, gramisidinlar, kolisinlar, oligomisinlar va 
boshqalar). 
 
Antimetabolit xossaga ega bo’lgan antibiotiklar (aktinomisetlar va zamburug’larning ayrim 
turlari ishlab chiqaradigan antibiotik moddalar). 
 
Bu birikmalar aminokislotalar, vitaminlar va nuklein kislotalarni antimetabolitlari sifatida 
ta’sir ko’rsatadi. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə