Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107918
  1   2   3   4   5   6   7   8
Toknamolar qabilasi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Biologiya” kafedrasi


Botanika” fanidan


Kurs ishi


Mavzu: Toknamolar qabilasi


Bajardi: “Biologiya” yo`nalishi 10-21 - guruh
talabasi Xakimova Fotima


Tekshirdi: Tagayeva D.

Guliston 2023 yil




Mundarija:


Kirish.......................................................................................................................3
I. Adabiyotlar tahlili..........................................................................................5

  1. Asosiy qism.

2.1. Tokdoshlar oilasi- Vitaceace ……………………..…………………...8
2.2. Tokdoshlar oilasiga mansub o’simlik turlari ……………….…….….11

2.3. Keng tarqalgan uzum navlari.…………..………………………….………16


III. BOB
Xulosa.....................................................................................................................25
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................26

Kirish


Tokdoshlar (Vitaceace) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joylashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. To’pgullari kichik, roʻvak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Tokdoshlarga 12 turkum, 700 tur kiradi. Koʻpincha subtropik va tropik mamlakatlarda oʻsadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi.


Tok (Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Janubiy Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada 60—70 turi maʼlum. Uzoq Sharq, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Janubiy Yevropada 7—8 turi keng tarqalgan. Madaniy Tok (V. vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 s/ga, yalpi hosili 60687 ming tok Fransiya (871 ming ga), AQSH (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln.ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda yetishtiriladi (1999). Oʻzbekistonda tokzorlar maydoni 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 s/ga (2003).
Tok Oʻrta dengiz atroflari va Gʻarbiy Osiyoda mil. dan bir necha ming yillar ilgari yetishtirilgan. Madaniy T. taxminan oʻrmon T.i (V. sylvestris) va boshqa yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning koʻpchiligi shu turga mansub. Shuningdek, Shimoliy Amerika tok turlari V. labrusca, V. riparia, V.rupestris va boshqa ham ekiladi. Amur T.i (V. amurensis) — manzarali oʻsimlik. Tyan shan va Pomir Olay togʻlarida oʻsuvchi hisor uzumi (V. hissarica) Qizil kitobga kiritilgan.
Madaniy Tokning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Tok tanasi — liana. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg, barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Hasharotlar, shamol yordamida va oʻz-oʻzidan changlanadi. Gʻujumi (uzumi) rezavor, 1—4 urugʻli, etli, sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor. Gʻujumlari turli shakl va rangda, shingilga toʻplangan.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə