Bir yaylovda azim yongʻoq daraxti oʻsardi. U shunchalar baland ediki, quyuq shoxlari naq osmonga tutashgandek tuyulardi



Yüklə 14,14 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü14,14 Kb.
#135216
5-B


Bir yaylovda azim yongʻoq daraxti oʻsardi. U shunchalar baland ediki, quyuq shoxlari naq osmonga tutashgandek tuyulardi. Bundan tashqari qulochga sigʻmaydigan yoʻgʻon tanasi, zumraddek tovlanuvchi barglari kishining havasini keltirardi. Mevasi ham yirik-yirik, juda mazali edi. Har qanday yoʻlovchi bu kimsasiz yaylovdan oʻtgan vaqtda daraxt soyasida nafasini rostlagach, mevalarini yeb qornini toʻygʻizar, uni ekkan kishining haqiga uzundan uzun duo qilardi. Ertagimiz voqealari ana shu yongʻoq ostidagi chumolilar oilasida boʻlib oʻtadi. Daraxt tagidagi kovakda bir-biridan ahil, inoq chumolilar yashar edi. Bu yerda hammaning oʻz vazifasi boʻlib, ishlar soat millari kabi aniq va tartibli boʻlar edi. Ular yozi bilan uzoq-uzoqlardan ham don, oʻsimlik urugʻlari tashib, qishga zaxira gʻamlashardi. Shundoqqina tepalarida ulkan yongʻoq oʻsib yotar, aslida uning bir donasi, bir chumoliga qish boʻyi yetardi, ammo azaldan mehnat qilishga oʻrgangan chumolilar faqat yongʻoq bilan kun koʻrishni xohlamas edilar. Bu yongʻoqlarda yaylovdan oʻtgan yoʻlovchilarning ham, qushlarning ham, shu yaqin oʻrtada yashaydigan hayvonlarning ham ulushi borligini bilishardi. Shu tufayli – daraxt tagiga toʻkilgan, yoki inlariga tushib qolganlarnigina olishardi. Kunlarning birida qattiq shamol turibdi-yu, chumolilarning iniga allaqanday qoʻngʻizchani uchirib olib kelibdi.
Yüklə 14,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə