Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari



Yüklə 3,35 Mb.
tarix24.06.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#90061
1- jahon urush yakuni 9- jahon

Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari

9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 37-mavzu

Urush uning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar ichki hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Urush, ayni paytda, qishloq xo‘jaligini ham og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamaydi.

Urush Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ahvolini haddan tashqari keskinlashtirib yubordi. Buning oqibatida, 1917-yilning fevral oyida Rossiyada inqilob yuz berdi.

Muvaqqat hukumat ag‘darildi. Hokimiyatni V.I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) partiyasi bosib oldi va u Sovet hukumati deb atalgan hukumat tuzdi.


V.I. Lenin
Rossiyada 1917-yilning 7-noyabrida davlat to‘ntarishi yuz berdi.

1917-yilning 8-noyabr kuni Sovet davlati „Sulh to‘g‘risida“gi dekretni qabul qildi.


Sulh to‘g‘risidagi dekretda bosqinchilik urushi keskin qoralangan va u insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’lon qilingan edi.

1917-yilning 15- dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya qo‘mondonligi o‘rtasida yarashish bitimi imzolandi.

1917-yilning aprel oyida Antantaning G‘arbiy frontdagi qurolli kuchlari hujumga o‘tdi. Germaniya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘linmadi.

Buyuk Britaniya va Fransiyaning shoshilinch ravishda yordam kuchlarini Italiya frontiga tashlashigina Italiyani saqlab qoldi.


1917-yilda Italiya qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Sovet Rossiyasi 1918-yilning 3-mart kuni „To‘rtlar ittifoqi“ bilan ularning shartlari asosida Brest tinchlik shartnomasini imzoladi.

AQSH prezidenti V. Vilson 1918-yilning 8-yanvarida I jahon urushidan so‘ng imzolanadigan tinchlik shartnomasi va qayta tuzilajak dunyo siyosiy xaritasi bo‘yicha AQSH hukumatining nuqtayi nazarini dunyoga ma’lum qildi.


V. Vilson

G‘arbiy frontda butun diviziyalarning 80 foizini, artilleriyaning 90 foizini to‘plagan Germaniya 1918-yilning mart oyida hujumga o‘tdi.

Urush Germaniyada inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. 9-noyabrda Germaniya imperiyasi quladi. Imperator Vilgelm II taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi.


Vilgelm II

1919-yil 28-iyunda Versalda sulh shartnomasi imzolandi.


German bloki davlatlari talandi, ko‘pgina hududlaridan ajraldi, 132 mlrd. marka reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.

Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi.


Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi esa yarador bo‘ldi.

Savol va topshiriqlar:

1. Urushning urushayotgan davlatlar ichki ahvoliga ko‘rsatgan ta’siri haqida nimalarni bilib oldingiz?

2. Sovet hukumatining „Sulh to‘g‘risida“gi dekreti mazmuni haqida so‘zlab bering.

3. Sovet Rossiyasi qay tariqa urushdan chiqdi?

4. Nima uchun Brest tinchlik shartnomasining shartlari juda og‘ir bo‘lsa-da, Sovet hukumati uni imzolagan?

5. „To‘rtlar ittifoqi“ tarkibidagi davlatlarning birin-ketin taslim

bo‘lish jarayoni haqida so‘zlab bering.

6. Urushda nega German bloki yengilganligi to‘g‘risida referat tayyorlang.


Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə