Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти



Yüklə 32,52 Kb.
tarix24.12.2017
ölçüsü32,52 Kb.
#17550


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi




Mavzu: Infektologiyaga kirish.

Tibbiy-profilaktika va davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza

Ma’ruzachi: t.f.d., professor M.D.Axmedova

Infeksiya – suzi tor ma’noda olinganida mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz bergan patofiziologik uzgarishlardir. Infeksion kasallik bu infeksion jarayonning klinik belgilar bilan namoyon bulishidir.

Yukumli kasalliklar kadim zamonlardan insoniyatga ma’lum.

Ibn Sino (980-1037) ulat, chinchechak, kizamik kabi yukumli kasalliklar kuzga kurinmaydigan jonivorlar tomonidan chakirilishini aytgan, epidemiologik jarayon xakida tushuncha bergan. Evropada italiyalik Frakastro (1478-1553) xam buni takrorlagan va yukumli kasalliklarning yukish yullari xakida tushuncha bergan.

Angliyalik E. Jenner (1749-1823) birinchi bulib chinchechakka karshi profilaktik usulni uylab topgan.

Fransuz Lui Paster (1822-1895) yukumli kasalliklarda mikroorganizmlarning rolini isbotlab bergan, vaksinani olish usulini amalda joriy etgan, kuturish va kuydirgiga karshi vaksina topgan.

R. Kox (1843-1910) tomonidan mikroskopni kashf etilishi mikroorganizmlarni urganishda katta axamiyatga ega bulgan.

I.I. Mechnikov 91845-1916) infeksiya va immunitet xakida ta’limotni asoslab berdi. Vabo, kaytalama terlama, zaxm, sil kasalliklarini epidemiologiyasini boyitdi.

S.P.Botkin (1832-1889) kataral sarik kasalligi yukumli kasalligini ta’kidladi.

Uzbekistonda Toshkent Universitetining tibbiyot fakultetida ishlagan A.I.Kryukov, P.F. Borovskiy, N.I. Ragoza, I.A. Kassirskiy, L.M. Isaev, N.I. Xodukin, P.F. Samsonov, A.L. Katsenovich lar yukumli kasalliklar fannini rivojlanishiga katta xissa kushdilar.

Uzbekistonda yukumli kasalliklari urganishda katta olimlar: X.A. Yunusova, O.S. Maxmudov, I.K. Musabaev, Sh.X. Xodjaev, T.O. Daminov va yana kup-kup olimlar uz xissalarni kushgan.

Xozirda 1060 dan ortik yukumli kasalliklarni turlari bor, ularning inson xayotida va iktisodiyotga katta ta’siri bor. Yukumli kasalliklar boshka kasalliklardan kuyidagi

bilan fark kiladi:




  1. Yukumli kasalliklarni patogen mikrob kuzgatadi.




  1. Bemor kasallik manbai buladi va kasallikni boshkalarga yuktiradi.




  1. Bemor organizmida bulgan kasallikka karshi immunitet xosil buladi.




  1. Yukumli kasalliklar siklik utadi.

Yukumli kasalliklar avj olishida kuyidagi omillar zarur:



  1. Patogen mikrob mikdori etarliligi.

  2. Patogen mikrob virulentligi etarliligi.

  3. Odam organizmining reaktivligini pastligi.

Turli yullar bilan mikroorganizmning kirishi kuyidagi natija bilan tugaydi:




  1. ximoya vositalari natijasida mikrob organizmdan chikariladi yoki uldiriladi.




  1. Patogen mikrob organizmda kulay sharoit topib urnashadi.




  1. Mikroorganizm ximoya mexanizmlari yordamida (fagotsitar elementlar, antitelolar, yalliglanish jarayoni) natijasida mikroorganizm kupayishiga tuskinlik kiladi, mikroorganizm xam uzini tashki kuchlardan tusishga xarakat kiladi ( kapsula xosil kiladi, agressin, antifagin, virulin kabi moddalar ishlab chikaradi).




  1. Mikrobning asosiy xususiyatlari virulentligi va toksigenligidir.




  1. Mikroorganizmning mikrobga karshi kurash vositalari 2 ga bulinadi: spesifik va nospesifik. Mikrob patogenligi yukori va organizm reaktivligi sust bulganda kuyidagi xolat vujudga keladi.

  2. Patogen mikrob organizmda tez sur’atda kupayadi, uni ximoya kuchlarini engadi va kasallikni manifest shaklini yuzaga keltiradi.

Infeksion jarayonni 3-omili-tashki muxit faktori mikroorganizmga xam ta’sir kursatadi. Bularga tashki muxit xarorati, namligi, dezinfeksiyalovchi moddalar, mikroblarning uzaro ta’siri kiradi.


Yukumli kasalliklar tasnifi.
L.V. Gromashevskiy 5 guruxga buladi:


  1. Ichak yukumli kasalliklari.

A. Tipik (vabo, ichburug, tenidiozlar, lentasimon gijja, enterobioz)

B.Toksikoinfeksiyalar (botulizm, salmonellezlar, stafilokokkli toksikoinfeksiyalar)

V. Ba’zi ichak kasalliklari ichakdan tashkari organlarda patologik uzgarishlarga olib keladi (amyobiaz, askaridoz, trixenellez, exinokokkoz)

G. Ba’zi ichak kasalliklarida bakteremiya sodir buladi va mikroblar turli organlarni shikastlaydi (korin tifi, paratif A, V, brutsellez, ornitoz, leptospiroz, rishta)


  1. Nafas yullari yukumli kasalliklari.

A. Kuzgatuvchilar kirgan va urnashgan joyda kupayadi (kukyutal, kizamik)

B. Kuzgatuvchilar bakteremiya chakirib turli organlarni shikastlaydi (meningokokkli va parotitli infeksiya)

V. Kuzgatuvchilar bakteremiya chakirib, terida va shillik kavatlarda spesifik uzgarishlarga olib keladi(chinchechak, suvchechak, moxov)

G. Xavo-tomchi yulidan tashkari kontakt yuli bilan xam yukadi (difteriya, skarlatina)


  1. Kon orkali yukadigan.

A. Tipik (malyariya, rikketsiozlar, leyshmanioz, endemik ensefalit, kaytalama terlama)

B. Boshka xamma kon orkali yukadigan yukumli kasalliklar zoonozdirlar (ulat, tuleremiya)




  1. Teri va shillik pardalarda joylashgan yukumli kasalliklar.

A. Patologik uzgarishlar yuzaki joylashgan (traxoma, kutir, psoriaz, streptotrixozlar)

B. Jaroxatdan keyingi yukumli kasalliklar (saramas, kokshol, piodermiya, kuydirgi)

V. Patologik uzgarish tukimaning chukur kismida buladi(aktinomikoz, sap, yahur, shistosomoz, ankilostomidoz)

G.Xayvon kongandan sung (kuturish, sodoku).




  1. Turli yullar bilan yukadigan yukumli kasalliklar (kuydirgi, sil, ulat, tulyaremiya, difteriya, skarlatina).

Yukumli kasalliklar manbaiga karab 3 guruxga bulinadi:

  1. antroonozlar.

  2. zoonozlar.

  3. antropozoonozlar.



Yukumli kasalliklar klinikasi

Kechishi buyicha yukumli kasalliklar 4 davrgi bulinadi:

    • inkubatsion (yashirin) infeksiya yukkanidan kasallikning birinchi simptomlari paydo bulguncha.

    • Boshlangich (prodromal) kasallikning birinchi simptomlari paydo bulgandan kasallik avj olguncha

    • Avj olgan davri kasallikning asosiy klinik simptomlari yakkol namoyen bulganda

    • Sunish davri (rekonvalissensiya, tuzalish) kasallikning klinik simptomlari sunish davri.

Yukumli kasalliklar kechishi buyicha utkir, chuzilgan va surunkali

    • utkir kechish – kasallik boshlangandan 3 oygacha davom etadi

    • chuzilgan – kasallik 3 oydan- 6 oygacha davom etadi

    • surunkali- 6 oydan va undan kup vaktgacha.

Kechish shakli buyicha: atipik va tipik

Tipik shakli asosiy klinik simptomlari yakkol namoyen bulgan xolatda

Atipik shakli asosiy klinik simptomlarning birortasi bulmagan xolatda
Ogirlik turi buyicha kasalliklar engil, urta ogir, ogir, nixoyat ogir kechishi mumkin.

Ayrim yukumli kasalliklar asoratlar bilan kechishi mumkin

Okibatlari xar xil bulishi mumkin:

Tuzalish


Surunkali kechishi

Asoratlar bilan kechishi

Ulim bilan tugashi
Yukumli kasalliklar diagnostikasining prinsiplari va usullari.

Yukumli kasalliklar diagnostikasida sub’ektiv va ob’ektiv usullardan foydalaniladi. Sub’ektiv usullarga bemor shikoyatlari, epidemiologik anamnez, kasallik tarixi kiradi. Ob’ektiv usullarga bemorni kuzdan kechirish, laborator va instrumental tekshirishlar kiradi.

Vrach bemor shikoyatlariga, epidemiologik anamnezga katta e’tibor bermogi, kerak bulsa kushimcha savollar yordamida ma’lumot yigmogi va shu ma’lumotlar asosida bemorni sinchiklab kurmogi, simptomlarni patogenetik moxiyatini tushunmogi, ularni bir-biriga boglikligini aniklamogi va shular asosida kerakli kushimcha tekshirishlarni utkazmogi lozim. Yukumli kasalliklar diagnostikasida yukumli kasalliklarni sungi yillarda klinikasini uzgarayotganini, emlashni, antibiotiklarni, gamma globulinlarni keng kullanilishi, kasalliklarni engil shakllarini kup uchrayotganiga e’tibor berish kerak.

Kup yukumli kasalliklarda umumiy patologik belgilar uchraydi, lekin ba’zi yukumli kasalliklarda patognomik belgilar xam uchraydi, bu belgilarni topilishi shu kasallik xakida dalolat beradi.


Yukumli kasallik chakiruvchisini aniklash uchun maxsus tekshirish usullaridan foydalaniladi:

  1. parazitologik usul

  2. bakterioskopik usul

  3. bakteriologik usul

  4. virusologik usul

  5. immunoflyuressensiya (Kumbs) usuli

  6. serologik tekshirish usullari

Bu usulda oldindan ma’lum antigen bilan noma’lum antitelo yoki ma’lum antitelo bilan noma’lum antigen aniklanadi. Bunga kuyidagi usullar kiradi:

A. Agglyutinatsiya reaksiyasi

B. Komplementni boglash reaksiyasi

V. RPGA


G. ROPGA

D. PSR, IFA



  1. Allergologik usul

  2. Biopsiya usuli


Yukumli kasalliklarni davolash prinsiplari.
Yukumli kasalliklarni davolash etiologik, patogenetik, simptomatik, urinbosar terapiyadan iborat.
Etiologik davo xozirgi vaktda antibiotiklar, sulfanilamidlar, faglar va boshka gurux ximiopreparatlar ishlatiladi. Antibiotiklar bakteriotsid va bakteriostatik ta’sirga ega buladi. Antibiotiklar ishlatilganda kuyidagi koidalarga rioya kilish kerak:

  1. mikroblarni antibiotikogrammasini urganish

  2. patogen mikrobga eng kuchli ta’sir etuvchi preparatni tanlash

  3. davoni uz vaktida boshlash va etarli davom ettirish

  4. etarli dozada antibiotik berish

  5. bir necha antibiotiklarni berganda ularni uzaro ta’sirini bilish.

Antibiotiklar tasnifi.

  1. penitsillin guruxi

  2. sefalosporinlar

  3. streptomitsin guruxi

  4. levomitsetin guruxi

  5. makrolidlar guruxi

  6. tetratsiklinlar

  7. aminoglikozidlar

  8. polimiksinlar

  9. zamburugga karshi antibiotiklar.

Antibiotikoterapiyaga xos umumiy asoratlar:

  1. allergik xolatlar

  2. endotoksik reaksiya

  3. disbakterioz.

Etiotrop davo choralarini uzi etarli emas.
Bemorga etiotrop davo ta’sirini kuchaytirish uchun organizm ximoya kuchlarini oshiruvchi vositalardan kullaniladi: fagoterapiya, vaksinoterapiya, kon kuyish. Fagoterapiyada bakteriofaglardan foydalaniladi. Bakteriofag tirik, lekin mustakil yashay olmaydigan tuzilma, uning yashashi va kupayishi uchun albatta boshka tirik xujayra shart. Bakteriofag xujayralarni parchalaydi va uni fagotsitlar tomonidan yutilishini kuchaytiradi. Ichburug, vabo, gazli gangrenada yaxshi natija beradi.
Seroterapiya. 1894 y. nemis olimi Bering va fransuz olimi E.Ru tomonidan asos solingan. Bu usulda gomologik va geterologik immun zardoblar ishlatiladi. Ular antitoksik va antibakterial buladi. Antitoksik zardoblar difteriya, botulizm, kokshol, gazli gangrenaga karshi ishlab chikilgan. Ular tegishli anatoksinlar bilan emlangan otlar konidan olinadi. Antibakterial zardob turlari: aglyutininlar, bakteriolizinlar, opsoninlar.
Immunoterapiya spesifik va nospesifik buladi. Spesifik: vaksinalar uldirilgan yoki patogenlik xususiyati yukotilgan bakteriyalardan tayyorlanadi, asosan, yukumli kasalliklarni surunkali formalarida foydalaniladi (brutsellez, tulyaremiya, ichburug). Nospesifik immunoterapiya esa organizmni umumiy ximoya kuchlarini oshirishga karatilgan bulib, unga turli vitaminlar, kon va kon tarkibiy kismlari, pirimidinlarni kullash kiradi.
Gormonoterapiya. Yukumli kasalliklar ogir utganda buyrak usti bezi funksiyasi buziladi. Gormonlar kuyidagi ta’sirga ega:

  1. yalliglanish reaksiyasi susayadi

  2. antitelolar sintezi buziladi

  3. retikuloendoteliylar faoliyati buziladi

  4. uzok vakt davolash ogir infeksion kasalliklarga olib keladi. Shuning uchun gormonlarni zarur bulgandagina ishlatish va 14 kundan ortik bermaslik tavsiya kilinadi.

Gormonlar bilan davolashda kuyidagilarga e’tibor kilish kerak:

  1. dozasi me’yorida bulishi va uni asta sekin olib tashlash.

  2. maxalliy va umumiy yalliglanish ancha kuchli bulsa, shuncha gormonlar bilan davolashga asos kup.

  3. Xomilador ayollarga berib bulmaydi.

Yukumli kasalliklarni davolashda bulardan tashkari infuzion terapiya, oksigenoterapiya, fermentlar, antiferment dorilar ishlatiladi.
Profilaktikasi maxsus va nomaxsus buladi. Nomaxsus profilaktikaga sanitariya okartuv ishlari, axolini sanitariya gigienik saviyasini oshirish, dezinfeksiya, dezinseksiya chora tadbirlari va boshkalar kiradi. Maxsus profilaktika organizmda anik bir kasallikka immunitet xosil kilishga asoslanadi. Bunga vaksinatsiya, anatoksinlar-aktiv sun’iy immunitet xosil kilish uchun; gamma globulinlar-passiv sun’iy immunitet xosil kilish maksadida kullaniladi.
Yüklə 32,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə