Birinchi yarmigacha



Yüklə 2,23 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü2,23 Mb.
#152753
1   2   3
A1

Qor havosiga o‘xshab,
El tish qoqib uyga kirdi,
Qora bulut qichqiradi.
Turfa chechak ochildi,
Ipak gilam yoyildi.
Jannat yeri ko‘rindi,
Sovuq endi kelmaydi.
O‘zbek qahramonlik dostonining yorqin namunasi “Alpomish” ham, ayrim mutaxassislar fikricha, X–XI asrlarda ko‘chmanchi- chorvador qoʻng‘irot qabilasi orasida Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yaratilgan. Unda Alpomishning sevgan yori Barchinga yetishish, qaynotasi Boysarini qutqarish va o‘z oilasi, o‘z qo‘rg‘onini dushmanlardan himoya qilish yo‘lida ko‘rsatgan qahra- monliklari orqali mardlik, vatanparvarlik, sevgi va sadoqat g‘oyalari tarannum etiladi.
XII asrdan boshlab Markaziy Osiyoda ilk tasavvufiy qarashlar – insonning komillikka erishish yo‘llari haqidagi ta’limotlar paydo bo‘la boshladi. Xususan, yassaviya tariqatining, ilk tasavvuf she’riyatining asoschisi Ahmad Yassaviy o‘zining “Devoni hikmat”ida islom dini- ning asosi hisoblangan mehr-oqibat, ruhiy kamolot, iymon, e’tiqod, nafs, sabr-toqat kabi mavzularni tahlil qiladi. U zamondoshlarini mehrli bo‘lishga chaqiradi, nafs yo‘lida mojarodan charchamay- digan aka-ukalardan, mehr-muruvvatni unutgan ota-onadan ranjiy- di, inson zotining axloqsizliklaridan azoblanadi. Uning tili sodda va ravon hikmatlarida bugungi kun uchun ham o‘ta dolzarb mavzular ko‘tarilgan.
* * *
Na onoda rahm qoldi, na otoda, Og‘o, ini bir-biriga mojaroda.
Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda, Mastlig‘ bilan qarindoshdin tondi, ko‘rung.
* * *
Ayo oshiq, kecha-kunduz Haqni izla, Zohir yurub, botiningda Arshni ko‘zla. Hikmat o‘qub oyat-hadis so‘zin so‘zla, Xazon yanglig‘ qizil yuzi so‘lmas bo‘lur.
Oxir zamon shayxlaridin so‘zloyin,
Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish, Ilm o‘rganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay, Oxiratda qaro yuzluk bo‘lor ermish.


XI-XII asrlarda pand nasihat – didaktik yoʻnalishdagi asarlarga ehtiyoj “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”, Yusuf Xos Hojib), “Hibat ul- haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”, Ahmad Yugnakiy) kabi asarlarning yu- zaga kelishiga rag‘bat berdi. “Qutadg‘u bilig”da davlatni boshqarish qoi- dalari, odob, axloq, adolat, insonparvarlik, sabr kabi bugungi kun uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan masalalar muayyan voqelikka asoslangan syu- jetlar va ramziy obrazlar orqali ifodalansa, “Hibat ul-haqoyiq”da muallif ilm, ma’rifat, saxiylik, baxillik, kamtarlik va inson odobini belgilaydigan shirinsuxanlik kabi muammolarga e’tibor qaratadi.


* * *
Bilikli kishi ko‘r bilur ish o‘zin,
Bilib etar ishni o‘kunmas kendin.
Ne turluk ish ersa biliksiz oʻngi,
O‘kunch ul anga yo‘q unga anda oʻndin.
* * *
O‘chukturma erni tiling, bil, bu til
Bajaq tursa,
butmas, butar o‘q bashi.
* * *
Bilimli kishi o‘z ishini bilib qiladi,
Bilib qilgan ishiga keyin o‘kinmaydi.

Yüklə 2,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə